Parkentdagi hayvonot bog‘ida sherlar qorovulni o‘ldirdi
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan mutaxassislar ishtirokida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Kun.uz
17 dekabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Lion park xususiy hayvonot bog‘ida qafasidan chiqib ketgan sherlar qorovulga hujum qilib, uni o‘ldirdi.
Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, holat soat 05:00 atrofida sodir bo‘lgan. Bir qafasda saqlanayotgan uchta sher qafasdan bog‘ hovlisiga chiqib ketgan. Voqea vaqtida maskan tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘lgan.
Hovlidagi sherlar shu yerda qorovul bo‘lib ishlovchi 44 yoshli F.I.ga tashlanib unga jarohat yetkazgan. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan. U hayvonlarni kattakka qaytarmoqchi bo‘lgan.
«Ko‘rilgan choralar natijasida sherlar maxsus qafasga qaytarilgan. Atrofdagi boshqa shaxslarga zarar yetmagan. Hozirda mahalliy aholi uchun xavf-xatar yo‘q», — deyiladi IIBB xabarida.
Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qilishicha, 2 ta sher uxlatuvchi dori vositalar qo‘llangan holda katakka qaytarilgan. Uchinchisi mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.
Shuningdek, parkda mavjud bo‘lgan barcha yirtqich hayvonlar sanoqdan o‘tkazilib, ular joy-joyida ekani va kataklar maqkamlangan holdaligiga ishonch hosil qilingan.
Holat yuzasidan Parkent tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin
O‘zbekiston | 13:09
-
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?
O‘zbekiston | 12:58
-
Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 12:42
-
Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar aniqlandi
Jamiyat | 12:21
Mavzuga oid

20:16 / 05.05.2025
Toshkent shahri va viloyatida to‘rtta sher noqonuniy boqib kelingani aniqlandi

16:59 / 05.04.2025
Parkentda sherlar qurboni bo‘lgan qorovul ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

16:41 / 24.02.2025
Toshkentda uchib yurgan kalxat hayvonot bog‘iga qaytarildi

13:39 / 14.02.2025