Toshkent aeroporti hududidan fuqaroga do‘kon ochishda yordam va’da qilgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrida oziq-ovqat do‘koni, Farg‘ona viloyatida esa “aqlli bekat” ochish uchun yordam berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, departamentning Sergeli tumani bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro A.A. fuqaro I.K.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent xalqaro aeroporti hududidan oziq-ovqat do‘koni ochishi uchun joy olib berishi evaziga 5000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Furqat tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Beshariq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida bo‘lim boshlig‘i A.K. fuqaro X.Yu.ning ishonchiga kirib, unga muassasa ixtiyoridagi “Yangi mahalla” MFY hududidagi avtobekat o‘rnida “aqlli bekat” qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

19:09 / 30.05.2025
Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

14:19 / 01.05.2025