Bashar Asad Damashqni tark etgani aytilmoqda
Bosh vazir hokimiyatni topshirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
Suriya prezidenti Bashar Asad noma’lum yo‘nalishda Damashqni tark etgan. Bu haqda Reuters agentligi suriyalik yuqori martabali zobitlarga asoslangan holda xabar tarqatdi.
7 dekabr kuni kechqurungi holatga ko‘ra Bashar Asad qayerdaligi noma’lum. CNN manbasi ham Asad Damashqning «uni topish mumkin bo‘lgan biror joyida yo‘qligi»ni aytgan.
Telekanal manbasiga ko‘ra, prezident gvardiyasi ham Asad yashaydigan joyda emas. Qoidaga ko‘ra, gvardiyachilar Suriya prezidentiga doimo, jumladan safarlar chog‘ida ham hamrohlik qiladi. Gvardiya Asad qarorgohida emasligi u shaharni tark etganini bilvosita tasdiqlashi mumkin.
Ofisi Buyuk Britaniyada joylashgan Suriyadagi inson huquqlarini monitoring qilish markazi (SOHR) ham Damashq aeroportidan uchgan xususiy samolyot katta ehtimol bilan Asadni olib ketganini taxmin qilgan. Ma’lum qilinishicha, ushbu parvozdan keyin aeroportda turgan hukumat qo‘shinlari evakuatsiya qilingan.
Avvalroq The Wall Street Journal manbaga asoslanib, Asadning rafiqasi va farzandlari Moskvaga, uning kuyovi — BAAga jo‘nab ketgani haqida xabar tarqatgandi. O‘sha vaqtda WSJ manbalari Asad hamon Suriyada qolayotganini aytishgandi.
Suriya bosh vaziri hokimiyatni topshirishga tayyor
Suriya bosh vaziri Muhammad G‘oziy al-Jaloliy Suriya xalqi tanlagan har qanday rahbariyat bilan hamkorlik qilishga va hokimiyatni «o‘tkazish» bo‘yicha har qanday choralarni ko‘rishga tayyorligini aytdi, deb xabar bermoqda Saudiyadagi Al Arabiya telekanali.
«Bu mamlakat o‘z qo‘shnilari va butun dunyo bilan yaxshi munosabatlar qurgan normal mamlakat bo‘lishi mumkin (...), ammo bu masalani Suriya xalqi saylagan har qanday rahbariyat hal qilishi kerak bo‘ladi. Biz barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlash uchun u bilan hamkorlik qilishga tayyormiz», — degan hukumat rahbari feysbukdagi strim vaqtida.
U «Suriya davlatchiligining barcha institutlari»ni saqlab qolishga chaqirib, kelgusidagi davlat boshqaruv ishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytgan.
Shu bilan birga, al-Jaloliy o‘zi hech qanday mansab va imtiyozlarga muhtojmasligini, o‘z uyida ekani va hech qayerga ketmoqchi emasligini ta’kidlagan.
AFP agentligi isyonchilar yetakchisiga tayanib xabar berishicha, Damashqdagi hukumat muassasalari hokimiyat rasman topshirilguniga qadar bosh vazir nazorati ostida qoladi.
2024 yil noyabr oyi oxirida qurollangan isyonchilar guruhi Bashar Asad kuchlariga qarshi yurish boshladi. 7 dekabr kuni kechqurungacha Asadning muxoliflari Halab, Hama, Homs, Dayr-az-Zor, Daraa kabi yirik shaharlarni egallashdi va Damashqqa yaqinlashdi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Ukraina – Rossiya muzokaralarining ikkinchi raundi yakunlari e’lon qilindi
Jahon | 20:36
-
Italiyada Etna vulqoni otilishni boshladi
Jahon | 20:29
-
Xitoy armiyasining sobiq rahbarlaridan biri Syuy Tsilyan vafot etdi
Jahon | 20:26
Mavzuga oid

20:56 / 30.05.2025
Suriyada IShID faollashgani ma’lum bo‘ldi

18:16 / 29.05.2025
AQSh 13 yildan so‘ng Suriyadagi elchixonasini qayta ochdi

21:35 / 28.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?

18:19 / 28.05.2025