Axborot xizmatlari rahbarlari attestatsiyadan proaktiv shaklda o‘tkaziladi
«Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish hamda Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini tegishli ravishda har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkazadi. Bunda, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini ular ishlayotgan tashkilot tomonidan boshqa turdagi attestatsiyalardan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Birinchi marta lavozimga tayinlangan axborot xizmati rahbari lavozimda 3 oy ishlaganidan keyin attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Attestatsiyadan o‘tish muddati yaqinlashganiga qarab AOKA tegishli davlat organi va tashkilotiga attestatsiyani o‘tkazish sanasi va vaqtini ko‘rsatgan holda, attestatsiya sanasidan kamida 10 oldin xabarnoma yuboradi.
Xabarnomani olgan davlat organi va tashkiloti 10 kun ichida axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun vakolatli organga elektron shaklda so‘rovnoma yuboradi va talabgorni attestatsiyada ishtirok etishini ta’minlaydi.
AOKA zarur ma’lumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda oladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Attestatsiya 5-10 ta savoldan va amaliy sinovlardan iborat og‘zaki suhbat shaklida o‘tkaziladi. Attestatsiya jarayoni videotasvirga tushiriladi. To‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 65 foiz va undan yuqori ball olgan shaxs attestatsiyadan o‘tgan hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari Britaniyaga yetkaziladi
Iqtisodiyot | 13:21
-
Nigeriyada suv toshqinlari oqibatida 500 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Jahon | 13:11
-
«O‘zbektelekom» AJ Humans mobil operatori bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi
O‘zbekiston | 13:00
-
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
O‘zbekiston | 12:52
Mavzuga oid

15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

16:30 / 03.02.2025