Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ulkan aylanma radioteleskop qurilishi boshlandi
Qurilma kunning istalgan vaqtida, osmonning istalgan nuqtasidagi astronomik obektlarni batafsil o‘rganish imkonini beradi.

Foto: AP
Xitoy Fanlar akademiyasi (CAS) ma’lum qilishicha, Xitoy shimoli-sharqidagi Tszilin provinsiyasida mutaxassislar dunyodagi eng yirik to‘liq boshqariladigan radioteleskop qurilishini boshladi.
Uning diametri 120 metr bo‘lib, olimlarga sayyoralar va asteroidlarni o‘rganishda yordam beradi. Ayni paytda qurilish ishlarining bir qismi allaqachon yakunlangan: qoziqli poydevor tayyor, qurilmani sozlash va sinovdan o‘tkazish ishlari 2028 yilgacha tugallanadi.
CAS ma’lumotlariga ko‘ra, yangi radioteleskopning o‘ziga xos xususiyati osmon jismlariga elektromagnit to‘lqinlarni yuborish va ulardan qaytgan signallarni qabul qilish bo‘ladi. Bu turli sayyoralar, yulduzlar orasidagi masofani va ularning Yerga qanchalik yaqinligini aniqroq belgilash imkonini beradi. Xitoylik muhandis va olimlar radioteleskop qurilishini 2024 yilning may oyidayoq boshlagan. Biroq to‘liq foydalanish rejimiga o‘tish uchun yana kamida 4 yil vaqt talab etiladi.
Aylanadigan qurilma kuzatuv stansiyasiga kosmik obektlarni kuniga 24 soat davomida va ufqning istalgan nuqtasida kuzatish imkonini beradi. Inshootning ahamiyatini baholash qiyin, chunki Puerto-Rikodagi planetar radar vazifasini bajaruvchi 300 metrlik Aresibo radioteleskopi qulagandan so‘ng, dunyoda bunday qurilmalar juda kam qolgan.
Bugungi kunda dunyodagi eng katta va yaxlit kosa shaklidagi bunday qurilma Xitoyning FAST radioteleskopi hisoblanadi, uning diametri 500 metr. Biroq tuzilishi va tabiiy chuqurlikda joylashgani sababli, uning kuzatish imkoniyatlari cheklangan. Diametri kichikroq bo‘lsa-da, yangi radioteleskop FAST’dagi kamchiliklardan xoli bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
Mavzuga oid

17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025