O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov (qarorgohi Bryussel shahrida joylashgan) ushbu mamlakatning Overeysel provinsiyasiga tashrif buyurdi va qirollik komissari Andris Piyeter Xeydema bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Tashrif Benilyuks mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirildi.
Komissar O‘zbekiston delegatsiyasini qutlab, mamlakat elchisini birinchi marta qabul qilish hudud uchun sharaf ekanini, chunki ilgari bunday tashriflar amalga oshirilmaganini ta’kidladi.
Uchrashuvda Niderlandiya tomoniga O‘zbekistonda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiyaviy va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘zbekiston hududlari va Overeysel o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, biznes missiyalarini tashkil etish orqali mamlakatda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladilar.
Komissar Andris Piyeter Xeydema o‘zbekistonlik sheriklar va Overeysel provinsiyasidagi xususiy biznes tuzilmalari, ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam berishga tayyorligini tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
-
Qozog‘istonda elektr ta’minoti uzilgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi
O‘zbekiston | 23:25 / 19.06.2025
Mavzuga oid

09:50 / 14.06.2025
Niderlandiya YaIMning 5 foizini mudofaaga sarflashga tayyor

21:08 / 03.06.2025
Niderlandiya hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi

13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti

09:56 / 18.05.2025