Livan va Isroil bir-birini sulhni buzganlikda aybladi
«Hizbulloh» Isroilni sulhni buzganlikda ayblab, pozitsiyalariga hujum qilmoqda. Isroil ham xuddi shunday ayblovlarni ilgari surmoqda va «qat’iy javob» bilan tahdid qilmoqda.

Foto: Hussein Malla/AP/picture alliance
Livandagi «Hizbulloh» harakati 2 dekabr, dushanba kuni Isroil armiyasi pozitsiyalariga «o‘zini-o‘zi mudofaa qilish uchun ogohlantiruvchi zarba» berganini ma’lum qildi. Unda aytilishicha, Isroil Livanga havo hujumlari va o‘q uzish orqali o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzmoqda.
Isroil harbiylariga ko‘ra, «Hizbulloh»dan ikkita raketa uchirilgan, biroq qurbonlar yo‘q. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu zarbaga «qat’iy javob» berilishiga va’da berdi.
Avvalroq Livan rasmiylari Isroil qo‘shinlari bir necha aholi punktlarini o‘qqa tutgani, natijada kamida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) da’vo qilishicha, harbiy mashinalarga «Hizbulloh» harbiy infratuzilmasi yaqinida, Bekaa vodiysi va Suriya bilan chegara yaqinida hujum qilingan. Isroil harbiylari hujumlardan birida livanlik askar yaralanganini tan oldi va voqea o‘rganilayotganini aytdi.
Livan parlamenti spikeri Nabih Berrining aytishicha, Bayrut hozirgacha Isroil tomonidan kamida 54 ta qoidabuzarlikni qayd etgan.
Ayni paytda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar mamlakati o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzgani haqidagi xabarlarni rad etib, «Hizbulloh»ni Litani daryosidan janubga qurol va kuchlarni olib o‘tishda aybladi.
30 noyabr, shanba kuni TSAHAL Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyadan Livanga qurol olib o‘tishda faol foydalanilgani taxmin qilinayotgan Suriya va Livan o‘rtasidagi chegara o‘tish joylariga tutashgan «Hizbulloh» harbiy infratuzilma obektlariga «razvedka zarbasi» yo‘llagani haqida xabar bergan edi.
UNRWA G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berishni to‘xtatdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) o‘g‘irlik va transportni olib qochish holatlari ko‘paygani sababli G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berishni to‘xtatishga qaror qildi. UNRWA «qiyin qaror»ni 1 dekabr kuni e’lon qildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 16 noyabr kuni gumanitar yordam olib ketayotgan yuk mashinalari karvoni qurolli to‘dalar tomonidan olib qochilgan. 30 noyabr kuni ham xuddi shunday hodisa yuz berdi: bir nechta oziq-ovqat tashuvchi mashinalar olib qochildi. «Gumanitar yordam xodimlari va yuklarini himoya etish mas’uliyati okkupatsiya qilayotgan davlat sifatida Isroil zimmasida. Ular G‘azo sektoriga yordamning xavfsiz oqimini ta’minlashi kerak», — deya ta’kidlaydi UNRWA.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

13:55 / 07.07.2025
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi

10:58 / 07.07.2025
Isroilda G‘azoda doimiy otashkesim o‘rnatish talabi bilan ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi

10:03 / 07.07.2025
AQSh HAMASni G‘azodagi gumanitar yordam tarqatish punktiga hujumda aybladi

09:20 / 07.07.2025