Rubl va so‘m dollarga nisbatan qadrsizlandi, neft narxi yana arzonlashyapti – xalqaro moliya bozori sharhi
Asosiy qimmatbaho metallar – oltin, kumush va alyuminiy narxi arzonlashdi. Global noaniqliklar fonida neft narxi yana pasaya boshladi. Hafta davomida yevro va yuan dollarga nisbatan mustahkamlangan bo‘lsa, lira, rubl va so‘m qadrsizlandi.

Foto: Sputnik/Abdubakir Yunusov
AQSh iste’molchilar indeksi noyabr oyida 2,1 punktga o‘sib, 111,7 punktni tashkil etdi. Shu kabi holatni shaxsiy iste’mol xarajatlari indeksida ham kuzatish mumkin, ya’ni PCE indeksi oktyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra 0,2 foizga ko‘tarilib, 2,3 foizga yetgan. Shu bilan birga, AQSh YaIM uchinchi chorakda prognozga qaraganda yaxshiroq chiqqaniga qaramay, avvalgi ko‘rsatkichiga nisbatan pasaygan. FOMC bayonotiga ko‘ra, amaldorlar inflatsiyani nazoratdan chiqazmaslik haqida muhokama o‘tkazgan. Agarda holat yomonlashadigan bo‘lsa, stavkani tushirishni to‘xtatib turish to‘g‘risida tavsiya berilgan.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 25 noyabrdan 29 noyabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
● S&P500 – 6032 (hafta boshidan +1,06 foiz, yil boshidan +25,47 foiz);
● NASDAQ – 19218 (hafta boshidan +1,13 foiz, yil boshidan +28,02foiz);
● DJI – 44910 (hafta boshidan +1,39 foiz, yil boshidan +19,16
foiz).
Dow Jonesb NASDAQ va S&P500 indekslari mos ravishda 614 punkt, 214 punkt va 63 punktga ko‘tarildi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
● Oltin – 2650 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -2,41 foiz, yil boshidan +28,49 foiz;
● Kumush – 31,62 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -2,25 foiz, yil boshidan +28,78 foiz.
● Alyuminiy – tonnasi 2592 dollar (hafta boshidan -1,44 foiz; yil boshidan +8,55 foiz);
● Mis – 4,09 dollar (hafta boshidan +0,29 foiz; yil boshidan +6,09foiz).
Oltin, kumush va alyuminiy hafta davomida mos ravishda 65,5 dollar, 0,71 dollar, 37,9 dollarga arzonlashdi. Faqatgina mis 0,01 dollarga o‘sdi.
Neft
● WTI – 68,11 dollar (hafta boshidan -4,23 foiz, yil boshidan -4,46 foiz);
● BRENT – 72,03 dollar (hafta boshidan -4,02 foiz, yil boshidan -6,5 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 3,01 dollarga, BRENT esa 3,02 dollarga arzonlashdi.
Valutalar
● USD/EUR: +1,50 foiz (yil boshidan -4,19 foiz);
● CNY/USD: -0,04 foiz (yil boshidan +2,04 foiz);
● TRY/USD: +0,45 foiz (yil boshidan +17,71 foiz);
● UZS/USD: +0,39 foiz (yil boshidan +4,47 foiz);
● RUB/USD: +2,09 foiz (yil boshidan +19,19 foiz).
Hafta davomida yevro va yuan dollarga nisbatan mos ravishda 1,5 foiz, 0,04 foizga mustahkamlandi, lira, rubl va so‘m esa 0,45 foiz, 0,39 foiz va 2,09 foizga pasaydi
Kriptovaluta
● Bitcoin – 97374 dollar (hafta boshidan -0,55 foiz, yil boshidan +129,6 foiz);
● Ethereum – 3594 dollar (hafta boshidan +6,88 foiz, yil boshidan +57,45 foiz).
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib 25 noyabrdan 29 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

18:57 / 10.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?

15:34 / 10.06.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarga yetdi

22:21 / 09.06.2025
Italiyalik erkak bir yil davomida ish joyidan salkam 2 kilo oltin o‘g‘irladi

17:35 / 04.06.2025