Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Oilaviy tadbirkorlik” dasturidagi mablag‘lar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga tadbirkorlar reytingini hisoblashda qo‘shimcha ball beriladi, ichki fitosanitar sertifikati bir yil davomida bepul beriladi. Fermerlarga barcha yerlari uchun yer solig‘ini ikki yilga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
“Oilaviy tadbirkorlik” dasturidagi 100 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘lar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi.
Shu bilan birga, dala cheti hisobi, nima mahsulot yetishtirilgani va qancha mahsulot olingani “e-Fito” portali orqali nazorat qilib boriladi.
Shuningdek, har bir mahallada kamida 100 tadan xonadonga limon, uzum ko‘chati tarqatish, ko‘chalar va ko‘p qavatli uylar atrofida aholining tashabbuslari asosida kamida 10 million tup uzum ekish muhimligi ta’kidlandi.
Sayxunobod tajribasi asosida 164 ta qishloq tumanlarining 4 tadan mahallasiga minitexnika berilishi belgilandi. Kim minitraktorda xizmat ko‘rsatsa, o‘zini o‘zi band qilgan bo‘ladi va ularga mamlakatda chiqadigan texnika uchun 30 million so‘mgacha garovsiz mablag‘ beriladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
Jahon | 09:36
-
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Jahon | 08:57
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53
Mavzuga oid

07:42 / 07.08.2025
Davlat organlari hududidan savdo faoliyati uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

16:18 / 30.06.2025