Kriptovaluta bilan bog‘liq bitimlar Telegramʼning asosiy daromad manbaiga aylandi
Pavel Durov avgust oyida fransuz politsiyasi tomonidan qo‘lga olinganidan beri Telegram birinchi marta investorlarga biznes to‘g‘risida hisobot berdi. Ta’kidlanishicha, Toncoin kriptovalutasida amalga oshirilgan bitimlar va aktivlar biznesning asosiy tayanchiga aylangan.

Foto: cryptotimes.io
Pavel Durov avgust oyida fransuz politsiyasi tomonidan qo‘lga olinganidan beri Telegram birinchi marta investorlarga biznes to‘g‘risida hisobot berdi. Auditdan o‘tmagan yarim yillik moliyaviy hisobotlarga ko‘ra, Toncoin kriptovalutasida amalga oshirilgan bitimlar va aktivlar biznesning asosiy tayanchiga aylangan. Telegram birinchi yarim yillikda o‘zining raqamli aktivlari 1,3 milliard dollargacha oshganini ma’lum qildi — 2023 yil dekabrda ularning qiymati 400 million dollarni tashkil etgan. Olti oy davomida kompaniya raqamli aktivlar sotishdan 353 million dollar ishlab topgan va 348 million dollarlik Toncoin sotgan.
Umumiy hisobda Telegram birinchi yarim yillikda 525 million dollar daromad ko‘rgan — bu 2023 yilning mos davriga nisbatan 190 foizga ko‘p. Daromadning qariyb yarmi (225 million dollar) kriptovalutaga bog‘liq — u nomi oshkor etilmagan tomon bilan tuzilgan bitimdan kelgan. Telegram Toncoin kriptovalutasiga ilovada biznes uchun reklama xarid qilish bo‘yicha eksklyuziv imkoniyatni taqdim etgani evaziga mukofotlangan. Hujjatda aytilishicha, bitim 1 oktyabrda bekor qilingan. Reklamadan tushayotgan daromad sezilarli darajada kam — birinchi yarim yillikda ular taxminan ikki barobarga oshgan va 120 million dollarga yetgan, premium-obunadan esa 119 million dollar ishlab topgan.
Toncoin kriptovalutasi ishlaydigan TON blokcheyni Telegram ichida yaratilgan. 2020 yilda AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birja bo‘yicha komissiyasi bilan muammolar yuzaga kelgach, unga dasturchilar jamiyati ham jalb etilib, qayta ishga tushirilgan. Telegramʼda katta miqdordagi Toncoin mavjud. Hujjatlarda aytilishicha, Toncoin bilan operatsiyalar Durov 24 avgustda hibsga olinganidan keyin Telegram uchun moliyaviy xavfsizlik yostiqchasini yaratishga yordam bergan. 22 oktyabr kuni kompaniya ushbu masala «Telegram operatsiyalari va guruhning ish faolligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaganini» yozgan edi.
«Bunday ko‘rsatkichlar bilan Telegram serdaromad loyihaga aylanishi mumkin. U birinchi yarim yillikda soliqlarni to‘laganidan keyin 335 million dollar daromad olgan. Telegram to‘liq Durovga tegishli, ammo kompaniya 2025 yilgacha zayomlar ko‘rinishida 2,4 million dollarga yaqin mablag‘ jalb etgan», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
NATO Yevropa davlatlaridan havo hujumidan mudofaa kuchlarini besh baravar kuchaytirishni so‘raydi
Jahon | 23:21
-
3 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:44
-
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Jamiyat | 22:38
Mavzuga oid

19:19 / 28.05.2025
Telegram'ga Ilon Maskning Grok sun’iy intellekti integratsiya qilinadi

23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi

18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi

18:16 / 23.05.2025