Ilon Mask o‘z rekordini yangilab, yana tarixdagi eng badavlat insonga aylandi
Bloomberg'ning yozishicha, Maskning boyligi Donald Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongani sabab oshmoqda. Unga tegishli aktivlarning qiymati 340 milliard dollardan oshgan.

Foto: Reuters
Oxirgi bir yil ichida boyligi qariyb 120 milliard dollarga oshgan amerikalik biznesmen Ilon Mask o‘z rekordini yangilab, Bloomberg versiyasi bo‘yicha yana dunyoning eng badavlat insonlari reytingi yetakchiligiga qaytdi.
Agentlikning yozishicha, Ilon Maskning boyligi 347,8 milliard dollarga yetgan. Bundan oldingi rekord — 340,4 milliard dollarlik ko‘rsatkich ham Maskka tegishli bo‘lib, u 2021 yil noyabrda o‘rnatilgan edi. Taqqoslash uchun, reytingda biznesmenga eng yaqin inson — Amazon asoschici Jyeff Bezosning boyligi 219 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Bloombergʼning hisoblashicha, Maskning boyligi Donald Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongani tufayli oshmoqda. Ilon Mask respublikachining nomzodini qo‘llab-quvvatlagan kam sonli yirik biznesmenlardan biri edi.
Shunday qilib, 4 noyabrdan beri Tesla Inc aksiyalari qiymati salkam 45 foizga oshib, uning bozordagi qiymati 350 milliard dollarga yetdi (Mask fevral oyida kompaniyaning 20,5 foiz aksiyasiga egalik qilgan). Bundan tashqari, moliyalashtirishning yangi raundi uning sun’iy intellekt sohasidagi startapi — xAI’ning qiymatini 50 milliard dollargacha oshishiga olib kelgan.
Avvalroq Trampning qayta saylanishi uning eng ochiq va sodiq tarafdorlaridan biri bo‘lgan Ilon Mask boyligini 26,5 milliard dollarga ko‘paytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Trampning AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi fonida Tesla kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshib ketgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025