Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
Jahon banki Kiyevga yana 4,8 milliard dollar ajratadi, dedi Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal. Umuman olganda, urush boshlanganidan beri mamlakatga 100 milliard dollardan ortiq yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Getty Images
Ukraina PEACE loyihasi doirasida Jahon bankidan yana 4,8 milliard dollar oladi. Bu haqda 22 noyabr, juma kuni bosh vazir Denis Shmixal X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi. «Biz ushbu yordamni moliyalashtirib, mamlakatimiz va xalqimizga o‘ta muhim yordam ko‘rsatayotgan Qo‘shma Shtatlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlardan juda minnatdormiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, dpa agentligining qayd etishicha, Rossiya bosqini boshidan beri Ukraina faqat budjet xarajatlari uchun ittifoqchilaridan 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ olgan. Mablag‘larning salmoqli qismi kreditlar ko‘rinishida berildi.
YeI davlatlari AQSh yordami qisqarsa ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga tayyor
Yevropa Ittifoqining eng yirik iqtisodiyotlari – Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan Buyuk Britaniya AQShning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi qisqarishi ehtimoli fonida Ukrainaga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq harbiy va moliyaviy yukni o‘z zimmasiga olishga tayyor. Bu haqda 19 noyabr kuni Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Varshavada yuqoridagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari, YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili lavozimida Jozep Borrelni almashtirishi kerak bo‘lgan estoniyalik Kaya Kallas ishtirokidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
«Men Yevropa Ittifoqining eng yirik davlatlari AQShning ishtiroki qisqarishi (Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda) munosabati bilan Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam yukini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini hurmat bilan e’tiborga olaman», — deya AFP Polsha tashqi ishlar vazirligi rahbaridan iqtibos keltirmoqda.
Germaniya, Fransiya, Italiya va Polsha tashqi ishlar vazirlarining Varshavadagi uchrashuvi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bostirib kirishi boshlangani 1000 kunligiga to‘g‘ri keldi. Ushbu tadbirdagi muhim mavzu Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar rivoji ham bo‘ldi. Muhokamalarga Ispaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari onlayn tarzda qo‘shildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi
Jahon | 22:13
-
Braziliyada havo sharining qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Jahon | 22:02
-
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
Jahon | 21:52
-
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin
Jahon | 21:16
Mavzuga oid

21:16
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin

14:23
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

08:41
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi

01:59