Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
Polsha prokuraturasi sobiq sudya Tomash Shmidtni chet el razvedkasiga aloqadorlikda va respublikaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etishda gumonlamoqda.

Foto: Telegram / Tomasz_Szmydt
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko polshalik sobiq sudya Tomash Shmidtga boshpana berish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan Telegramʼdagi «Pul Pervogo» kanali xabar berdi.
Tomash Shmidt Varshava ma’muriy sudining ikkinchi bo‘linmasi sudyasi bo‘lgan. 6 may kuni Minskda o‘tkazilgan matbuot anjumanida u lavozimidan voz kechib, Belarusdan siyosiy boshpana so‘ragan. Shmidt o‘shanda «Polsha hukumati Belarus va Rossiyaga nisbatan adolatsiz hamda g‘irrom siyosat olib borayotganiga» norozilik sifatida iste’foga chiqqanini aytgan edi.
Polsha prokuraturasi Shmidtni chet el razvedkasiga aloqadorlikda va respublikaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etishda gumonlamoqda.
«To‘g‘risini aytsam, shokdaman. Qachonlardir bizda xoin bo‘lgandi va bu ham shunga o‘xshash voqea», — deya sudyaning qochib ketganiga izoh berdi Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy. U polshalik sobiq chegarachi Emil Chechkani eslagan — chegara xizmati xodimi 2021 yil dekabrda Belarusga qochib o‘tgandi, 2022 yil martda esa qochoq Minskda o‘lik holda topilgan.
Lukashenko sudyaning qochib ketishini «Polsha hukumatiga zarba» deb atab, kuch tuzilmalari vakillariga Shmidtdan boxabar bo‘lib turishni buyurgan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

15:10 / 07.07.2025
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi

19:21 / 04.07.2025
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

07:37 / 03.07.2025