Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
Endi kamera oldida tezlikni pasaytirib, keyin yana tezlikni oshirish foyda bermaydi.

Foto: NUR.KZ
Qozog‘istonda avtomagistrallarda o‘rtacha tezlikni oshirgan haydovchilar jarimaga tortiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlar 4 dekabrdan kuchga kiradi, deb yozdi Nur.
Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Chingis Alekeshevning tushuntirishicha, shaharlararo va respublika miqyosidagi avtomobil yo‘llarda o‘rtacha tezlikni oshirganlik uchun javobgarlik joriy etilgan. Ya’ni, kamera oldida tezlikni pasaytirib, keyin yana tezlikni oshirish endi foyda bermaydi.
Qoidabuzarlar chegaradan oshib ketganiga qarab 5 dan 40 MKH (eng kam hisob ko‘rsatkichi, 35 dan 277 dollargacha) ma’muriy jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.
Avvalroq transport vaziri Marat Qoraboyev o‘rtacha tezlik videokameralar yordamida hisoblanishini aytgandi.
«Siz yo‘lda A nuqtaga kirasiz, B nuqtada chiqib ketasiz va kamera o‘rtacha tezlikni hisoblab chiqadi. Agar umumiy tezlik yuqori bo‘lsa, jarimaga tortilasiz», dedi u.
Mavzuga oid

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

16:22 / 31.05.2025
Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

16:12 / 10.04.2025