Bloomberg: AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome’ni sotishni talab qiladi
Chrome dunyodagi eng mashhur brauzer bo‘lib, AQSh bozorining 61 foizi uning hisobiga to‘g‘ri keladi. Amerika antimonopol organi qattiqroq jazo chorasini qo‘llashdan voz kechgan, ular Googleʼdan Android mobil operatsion tizimini sotishni talab qilishlari mumkin edi.

Foto: AP
AQSh Adliya vazirligi suddan Google kompaniyasi (Alphabet’ga tegishli) zimmasiga onlayn qidiruv bozorida noqonuniy monopoliya o‘rnatganiga jazo sifatida Chrome brauzerini sotish majburiyatini yuklashni talab qilmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Prokuratura vakillari 20 noyabr kuni o‘z taklifini AQShning Kolumbiya okrugi sudyasi Amit Mextaga taqdim etishni reja qilmoqda. Antimonopoliya organlari Google Chrome’ni sotishini xohlamoqda. Bloomberg Chrome’ni dunyodagi eng mashhur brauzer deb atab, AQSh bozorining 61 foizi uning hisobiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati qattiqroq jazo chorasini qo‘llashdan voz kechgan, ular Googleʼdan Android mobil operatsion tizimini sotishni talab qilishlari mumkin edi.
Shu bilan birga, AQSh Adliya vazirligi Googleʼga Android’ni boshqa mahsulotlaridan, jumladan, qidiruv tizimi va Google Play ilovalar do‘konidan ajratish taklifini ilgari surmoqchi. Shuningdek, idora kompaniyaga o‘z qidiruv tizimi natijalari va ma’lumotlarini litsenziyalashni tavsiya qiladi, bundan tashqari, saytlarga Google sun’iy intellekti ularning kontentidan foydalanish imkoniyatini taqiqlovchi ko‘proq vakolatlar beradi.
Agentlikka ko‘ra, ushbu variantlarning barchasi vazirlik va unga qo‘shilgan shtatlar oktyabr oyida ilgari surgan dastlabki talablar ro‘yxatida bo‘lgan. Shuningdek, talablar qatorida Googleʼning boshqa texnologik kompaniyalar bilan eksklyuziv shartnomalarini taqiqlash ham bor edi.
Googleʼning tartibga solish masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Li-Enn Malxollandning ma’lum qilishicha, Adliya vazirligi «ushbu ishda huquqiy masalalardan uzoqroq bo‘lgan radikal kun tartibini ilgari surishni davom etmoqda». Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat «Amerika iste’molchilari, ishlab chiquvchilari va texnologiya rahbariyatiga eng zarur bo‘lgan paytda zarar yetkazadi».
Adliya vazirligi holatga izoh berishdan bosh tortgan.
5 avgust kuni AQShning Kolumbiya okrugi sudi federal sudyasi Amit Mexta Google kompaniyasi onlayn qidiruv tizimi bozoridagi monopoliyasini saqlab qolish uchun noqonuniy faoliyat yuritgani to‘g‘risida qaror chiqargandi. Shundan so‘ng Adliya vazirligi Google’ni bo‘lib yuborish bo‘yicha talab qo‘yish imkoniyatini faol ko‘rib chiqa boshladi.
Sud qarorida keltirilishicha, Google’ga egalik qiluvchi Alphabet INC kompaniyasi boshqa texnologik gigantlarga o‘z qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida o‘rnatilishi uchun 26 milliard dollar to‘lagan, bu orqali kompaniya raqobatchilarining bozorda muvaffaqiyatga erishishiga imkoniyat qoldirmagan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda yuzlab robotlar uchta tarixiy binoni ko‘chirdi
Jahon | 18:13
-
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
Sport | 18:01
-
Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar: 400 dan ortiq dron va 40 ta raketa uchirilgan
Jahon | 17:54
-
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish jarayoni boshlandi
Jahon | 17:54
Mavzuga oid

09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda

23:07 / 17.04.2025