Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
Probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolati berildi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ayrim moddalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Qonun bilan bilan ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirishni, shuningdek ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 248-moddasi to‘rtinchi qismiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish orqali ichki ishlar organlarining 185-2- (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) va 187-moddalari (jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) bo‘yicha probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatini probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga berish normasi belgilandi.
Mavzuga oid

20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV

18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi

14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi

10:06 / 21.04.2025