O‘zbekiston iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda ishtirokini davom ettiradi - Tanzila Norboyeva
Oliy Majlis Senati raisi Ozarboyjonda COP29 iqlim sammitida ishtirok etdi.

Foto: Telegram / tanzilanarbaeva
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Boku shahridagi COP29 sammiti doirasida taqdim etilgan O‘zbekiston milliy paviloniga tashrif buyurdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu pavilon an’anaviy barqaror rivojlanish qadriyatlari va ekologik muammolarni hal qilishda zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘un tarzda mujassam etgan. Shuningdek, Orol mintaqasini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar aks ettirilgan.
Norboyeva so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston «yashil» o‘rmonzorlar yaratish va mahalliy aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlarni hayotga tatbiq etmoqda. Bu O‘zbekistonning ekologik va ijtimoiy o‘zgarishlarga sodiq ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston umumiy maqsad — sayyoramizni asrash yo‘lida ochiq muloqot va hamkorlikka tayyor.
«Ishonamanki, COP29 kabi xalqaro platformalar ekologiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda va barqaror kelajakni ta’minlashda faol ishtirokini davom ettiradi», deb yozdi Tanzila Norboyeva.
Oliy Majlis Senati raisi ekologik muammolar barcha davlatlar uchun dolzarbligini e’tiborga olgan holda 2025 yil aprel oyida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan 150-assambleya doirasida ham iqlim o‘zgarishi muammolarini alohida, keng muhokama qilishni taklif etdi.
Mavzuga oid

16:05 / 25.06.2025
Ogoh bo‘ling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda

18:21 / 17.06.2025
O‘zbekiston Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi

13:48 / 30.05.2025
O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi mavqeyiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar aytildi

18:54 / 28.05.2025