Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi
O‘zbekiston mazkur konvensiyaga qo‘shilishi natijasida fuqarolik yadro obektlarida sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalar tatbiq etiladi.

Foto: Getty images
17 iyun kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining majlisida «Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963 yil 21 may) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Muhokamada senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari a’zolari, Atom energiyasi agentligi vakillari, Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti hamda Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga qo‘shilishi natijasida fuqarolik yadro obektlarida sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalar ham tatbiq etiladi. Shuningdek, yadroviy javobgarlik rejimi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishi ta’minlanadi.
Ta’kidlanishicha, iazkur hujjatning asosiy maqsadi yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yuzaga kelgan yadro zarari uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadro zararidan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilashdan iborat.
Senatorlar tomonidan O‘zbekistonning Vena konvensiyasiga qo‘shilishi yadro energetikasi va xavfsizligi sohasida xalqaro huquqiy maydonga kirishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bundan tashqari, yadroviy xavfsizlikni kafolatlash, yadroviy zarardan jabrlanuvchilarning huquqlarini munosib himoya qilish hamda yadro energetikasi sohasida sug‘urta tizimi va kompensatsiya mexanizmlarini joriy etish ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonning Vena konvensiyasiga qo‘shilishi Atom energiyasi xalqaro agentligi bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiradi hamda uning dasturlari doirasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ishlarini jadallashtiradi.
Majlis yakunida Qo‘mitaning tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi
Jamiyat | 11:50
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
O‘zbekiston | 11:22
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
Mavzuga oid

13:48 / 30.05.2025
O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi mavqeyiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar aytildi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

19:32 / 25.04.2025
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi

16:11 / 16.01.2025