Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
Ushlanganlar orasida Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi ham bor. Yana bir nafar gumonlanuvchini ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Foto: Kun.uz
Avvalroq Kun.uz’da Samarqand viloyatida 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlangani haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2024 yil 6 oktyabr kuni voyaga yetmagan qiz bir necha shaxs tomonidan zo‘rlangani haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Ariza yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu holatga Qo‘shrabot tumani prokuraturasining ish yurituvchisi ham aloqadorligi aniqlangan.
U joriy yil 30 oktyabr kuni viloyat prokurorining tegishli buyrug‘i bilan prokuratura organlaridan ishdan bo‘shatilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari hamda tayinlangan sudga oid tibbiyot va biologik ekspertizalari natijalariga ko‘ra, 31 oktyabr kuni Ishtixon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
So‘ng jinoyat ishi tergovga taalluqliligi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuborilgan.
Olib borilgan tergov hamda tezkor tadbirlar davomida 9 nafar gumonlanuvchi aniqlanib, tergovga jalb qilingan. 8 nafar shaxs, shu jumladan Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan. Bir nafar gumonlanuvchini ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi tergovi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.
Ma’lumot uchun, qiz 2024 yil 23 sentabr kuni o‘g‘irlab ketilgan. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, qarindoshlari qiz yo‘qolgani haqida ariza yozishgan. Jabrlanuvchi oradan 13 kun o‘tib, 6 oktyabr kuni badanida zo‘ravonlik izlari bilan topilgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi
Jamiyat | 09:24
-
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi
Jamiyat | 09:14
-
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi
Jahon | 08:48
Mavzuga oid

09:14
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025
Restorandagi “maska-shou”: Farg‘onaning amaldorlari u yerda nima qilyapti?

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

10:00 / 14.05.2025