Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT bosh kotibi: Dunyoda kuchayib borayotgan chaqiriq va tahdidlarga davlatlar yakka o‘zi tura olmaydi
Imangali Tasmagambetov Yevrosiyo xavfsizligi bo‘yicha II Minsk xalqaro konferensiyasida nutq so‘zladi.

Foto: Anadolu Agency
Dunyodagi keskin o‘zgarishlarga, kuchayib borayotgan chaqiriq va tahdidlarga qarshi mamlakatlar yolg‘iz tura olmaydi.
Bu haqda Yevrosiyo xavfsizligi bo‘yicha II Minsk xalqaro konferensiyasida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Imangali Tasmagambetov ma’lum qildi, deb xabar beradi BELTA.
«Dunyoda davlatlararo muammolarni kuch bilan hal qilish, xalqaro huquqning umumbashariy normalaridan voz kechish amaliyoti kuchayib bormoqda. Jahon markazlari o‘rtasidagi ishonch inqirozi esa global xavfsizlikning ko‘plab masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish qobiliyatiga katta zarar yetkazmoqda», — dedi Imangali Tasmagambetov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, beqarorlik sharoitida hatto harakatsiz to‘qnashuvlar ham qaynoq fazaga aylanadi. «Mavjud statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili mintaqaviy va mahalliy miqyosdagi 180 dan ortiq mojarolar qayd etilgan, bu oxirgi 30 yildagi eng katta ko‘rsatkich. Harbiy-siyosiy keskinlikning kuchayishi kuzatilayotganda, uning asosiy e’tibori Yevrosiyoga qaratilgan», — dedi Tasmagambetov va zamonaviy sharoitda diplomatiya chetga chiqib qolayotganini ta’kidladi.
KXShT bosh kotibiga ko‘ra, siyosiy tafakkur ustuvor bo‘lib, BMT Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tib, noqonuniy iqtisodiy choralar ko‘rish orqali o‘z pozitsiyasini surish istagi ustunlik qilmoqda.
«Dunyoda 2 millionga yaqin odam iqtisodiy sanksiyalarning salbiy ta’sirini boshdan kechirmoqda», dedi u.
Butun dunyoda sun’iy intellekt harbiy maqsadlarda qo‘llanadi, halokatli qurol tizimlari ommaviy ishlab chiqarilmoqda, deya davom etdi Tasmagambetov.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00
-
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p
Iqtisodiyot | 18:40
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
Mavzuga oid

12:06 / 29.01.2025
Rossiyaning Kavkazdagi asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Armaniston nega AQShning strategik hamkoriga aylanmoqda?

09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi

15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

21:12 / 17.10.2024