ChatGPT tufayli dunyoda energiyaga bo‘lgan talab oshgani ma’lum qilindi
Qayd etilishicha, ChatGPT orqali qidiruv Google orqali qidiruvdan 10 barobar ko‘p energiyani talab qiladi.

Foto: AP
Dunyoda energiyaga bo‘lgan talab ikki baravar oshadi, xususan, ChatGPT tufayli u kutilmaganda oshib ketdi. Bu haqda BAA sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Ahmad Al-Jobir ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jahonning energiyaga bo‘lgan talabi Global janubdagi mamlakatlarning rivojlanishi, energiya manbalarining o‘zgarishi va xususan, sun’iy intellektdan (SI) foydalanishning eksponensial o‘sishi hisobiga ikki baravar oshadi.
«SI energiya transformatsiyasini va kam uglerodli rivojlanishni tezlashtirish potensialiga ega, ammo sun’iy intellektdan foydalanish energiyaga bo‘lgan talabni oshirmoqda, bu ChatGPT paydo bo‘lganidan 18 oy oldin kutilmagan holat edi. ChatGPT orqali qidiruv Google orqali qidiruvdan 10 barobar ko‘p energiyani talab qiladi. Sun’iy intellektdan foydalanish kengaygani sari, u ko‘proq data-markazlarini talab qiladi», dedi u.
Taxminlarga ko‘ra, yaqin 6 yil ichida data-markazlarining quvvati ikki baravar oshadi, buning uchun 2030 yilga borib kamida 150 GWt quvvat talab etiladi, 2040 yilga borib bu hajm ikki baravar ko‘payadi, dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday energiyaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun bitta energiya manbai yetarli emas – qayta tiklanadigan energiya manbalari, atom energetikasi va gaz ham kerak bo‘ladi.
Al-Jobir energiya infratuzilmasi sarmoyaga muhtojligini va u yiliga kamida 1,5 trillion dollargacha o‘sishi kerakligini va bu investitsiyalarni tezlashtirish va himoya qilish uchun siyosat zarurligini ta’kidladi.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, quyosh va shamol energiyasidan foydalanish 7 barobar, suyultirilgan tabiiy gazdan foydalanish kamida 65 foizga oshadi, neftdan yoqilg‘i va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish davom etadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31
-
Bu darhol tinchlikka olib keladigan suhbat emas – Tramp Putin bilan yana gaplashganini aytdi
Jahon | 22:24
-
Hammasi o‘z qo‘limizda, ertaga g‘alaba qozonishimiz shart – Timur Kapadze
Sport | 22:02
-
Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy pensiyalarni bekor qilish taklif etildi
Jahon | 21:56
Mavzuga oid

20:21 / 03.06.2025
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dori o‘pka kasalligini davolashda samara ko‘rsatdi

20:05 / 28.05.2025
Sun’iy intellekt o‘zbek tilida shevada gapirishni boshladi

17:40 / 24.05.2025
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV

20:47 / 22.05.2025