Rossiyada tug‘ilish darajasini lotereyalar yordamida oshirish taklif etildi
Mamlakatda tug‘ilish koeffitsiyenti rekord darajada past - 1,4 miqdorga tushib qolgan.

Foto: RIA Novosti
Rossiya Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Boris Chernishov mamlakatda tug‘ilish darajasini oshirish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘rtasida Butunrossiya lotereyasini o‘tkazishni taklif qildi. Uning tashabbusiga ko‘ra, lotereya doirasida xonadonlar, avtomobillar va maishiy texnikalarning oylik o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin.
«Gap Rossiyada tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun butun Rossiya lotereyasini o‘tkazishda. Masalan, Rossiyaning yangi tug‘ilgan fuqarolari o‘rtasida har oyda 10 ta xonadon, 100 ta avtomobil va 1000 ta uy jihozlari to‘plamini lotereya sifatida o‘tkazish», dedi Chernishov RIA Novosti bilan suhbatda.
Vitse-spiker so‘zlariga ko‘ra, lotereyada ishtirok etish FHDYo ma’lumotlari asosida avtomatlashtirilishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, shunga o‘xshash loyihalar allaqachon mahalliy darajada - Leningrad viloyati va Xabarovskda amalga oshirilgan.
Avvalroq, Rossiyada tug‘ilish koeffitsiyenti rekord darajada past — 1,4 miqdorga tushib qolgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat aholisi bir xil darajada saqlanib turishi uchun ushbu koeffitsiyent 2,2 miqdorida saqlanib turishi lozim.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov demografik vaziyatga baho berib, «Biz dunyoning eng katta davlatida yashaymiz. Biroq yildan yilga kamaymoqdamiz», degan edi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi
Jahon | 15:24
-
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taksi va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanmaydigan bo‘ldi
Jahon | 15:12
-
#SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz!
O‘zbekiston | 15:00
-
Portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga bo‘lgan talablar kuchaytirildi
O‘zbekiston | 14:47
Mavzuga oid

15:24
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi

15:12
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taksi va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanmaydigan bo‘ldi

13:50
Rossiya Ukrainaga 550 ta dron va raketa uchirdi

13:28