Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
Bundan tashqari tumandagi 610 ta ulgurji tashkilot hamda 41 ta ijtimoiy soha obektiga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Qishki mavsumga o‘tish uchun o‘chirilishi aytilayotgan gaz ta’minoti qachon tiklanishi ma’lum emas. “Toshkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining bu ishi e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Foto: Kun.uz
Toshkent tumanida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30 oktyabr kuni soat 8:00 dan tuman hududidagi 42 948 ta aholi xonadoni, 610 ta ulgurji tashkilot, 41 ta ijtimoiy soha obektida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bunga sabab sifatida gaz tarmoqlarida yozgi diafragmalarni qishki diafragmalarga almashtirish ishlari olib borilishi ko‘rsatilgan.
Xabarda tabiiy gaz ta’minoti “ishlar yakunlangunga qadar” to‘xtatilishi aytilgan. Biroq ish qachon yakuniga yetib, gaz ta’minoti tiklanishiga aniqlik kiritilmagan.
Iqtisodchi Otabek Bakirov “Toshkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining bu ishi “sog‘lom aqlga sig‘masligi”ni aytdi.
“Qaysi sog‘lom aql harorat nolga yaqinlashgan ayozli kunlarda qishga tayyorgarlik ko‘rish bahonasi bilan butun boshli tumanda gazni o‘chiradi?
Xo‘p, yozgi diafragmani qishkisiga almashtirmoqchi ekansizlar, shu paytgacha, masalan, o‘tgan hafta, harorat +20 darajadan yuqori kunlarda nima qildinglar? Nega aynan kuzning eng sovuq kunini tanladinglar?
Xo‘p, mayli, ulgurmadi, deb yaxshi gumon qilsak, shu ishni harorat +20 darajadan yuqoriga ko‘tariladigan shanba yo yakshanbaga qoldirsa bo‘lmasmidi?” deya yozdi iqtisodchi o‘z sahifasida.
Bundan tashqari, 30 oktyabr kuni tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida ham uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilindi.
Toshkent tumani elektr ta’minoti korxonasining bildirishicha, tumanning Diydor, Ko‘ksaroy, Qorabo‘rik, Zaxariq, Bo‘g‘izilol, Zarbdor, E’zoz, Ko‘hinur, Yangi hayot, O‘rikzor, Oltintepa va Oqtosh (qisman) mahallalarida, ushbu hududlardagi korxona va tashkilotlarda soat 8:00 dan 18:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Bunga sabab sifatida Bog‘or podstansiyasidan chiquvchi transformatorda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ta’mirlash ishlari olib borilishi ko‘rsatilgan.
Otabek Bakirov “svet” bo‘lmasa suv ham bo‘lmasligiga e’tibor qaratdi.
“Ertaga butun boshli tumanda gaz o‘chirilishi bu hali holva. Kuzning eng sovuq kunida gazga qo‘shib shonli energetiklar “svet”ni ham o‘chiradigan bo‘lyapti (svet bo‘lmasa, suv ham bo‘lmaydi).
Ko‘p bora ta’kidlaganimizdek, o‘zbek energetikasining muammosi anomal qish, anomal kuz, anomal yoz, anomal bahor yo anomal yog‘inlar emas, anomal energetiklar”, deya fikr bildirgan u mazkur holatga.
“O‘zgidromet”ga ko‘ra, 30 oktyabr, chorshanba kuni Toshkent viloyatida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarga tuman tushishi, harorat kechasi +2...+7, kunduzi +12...+17 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi
Ta’lim | 13:13
-
O‘zbekiston va Tojikiston chegaraoldi savdo markazlarini ochish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot | 12:54
-
Amur oblastida yo‘qolgan samolyot qoldiqlari topildi
Jahon | 12:40
-
AQSh Kiyevga 322 mln dollarlik harbiy yordamni sotishni ma’qulladi
Jahon | 12:21
Mavzuga oid

14:16 / 21.07.2025
O‘zbekiston Pokistondagi neft va gaz konlarini qidirishga jalb etilishi mumkin

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

08:02 / 10.07.2025