Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afrosiyob» poyezdi biror yil daromad ko‘rib ishlamagan - «O‘zbekiston temiryo‘llari» raisi
O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikda yuradigan poyezdlarning chiptasi narxi xuddi samolyotlarniki kabi o‘zgarib turadigan bo‘ladi.

Foto: LiveJournal
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» 2023 yilda 238 milliard so‘m zarar ko‘rgan. Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisda ma’lum qildi.
Zufar Narzullayevning so‘zlariga ko‘ra, «Afrosiyob» biror yil foyda bilan ishlamagan. «Yevropada, umuman, jahon miqyosida tezyurar poyezdlarning chipta narxi samolyot narxidan qimmat yuradi... Oddiy poyezdlarning chipta narxi ma’lum bir belgilangan tarif asosida ushlab turiladi», — deydi u.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ boshqaruv raisining aytishicha, 2025 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikda yuradigan poyezdlarning chipta narxi xuddi samolyotlarniki kabi o‘zgarib turadi. «Bunda poyezd chiptasi narxi talabga qarab, xuddi samolyot chiptasi narxlari kabi o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Qolgan oddiy poyezdlarning chipta narxlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tartibga solinadi», — deydi «O‘zbekiston temiryo‘llari» rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari hamda «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» tezyurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshgan edi.
15 maydan boshlab esa «Afrosiyob» elektropoyezdi chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foizga, biznes klass uchun 30 foizga, VIP klass uchun 40 foizga oshirilgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
-
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Jamiyat | 13:11
-
Yo‘l harakatiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:22
-
Enrike o‘yindan keyingi janjalga aralashdi va raqib futbolchisini urib yiqitdi
Sport | 12:14
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

00:17 / 04.06.2025