Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
Nikolas Maduro prezidentlik saylovlarida g‘alabaga erishganini e’lon qilganidan keyin o‘nlab jurnalist va faollarning xorijga chiqish pasportlari bekor qilingan.
Venesuela hukumati Nikolas Maduro saylovlarda g‘alabaga erishganini e’lon qilganidan keyin o‘nlab jurnalist va faollarning xorijga chiqish pasportlarini bekor qildi. Bu haqda Karakasdagi Laboratorio de Paz inson huquqlari himoyasi guruhiga tayanib, Financial Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, kamida 40 nafar insonning pasportlari olib qo‘yilgan — ularning aksariyati jurnalistlar va huquq himoyachilaridir. Xorijga chiqishga ruxsat beradigan hujjatlar hech bir izohlarsiz bekor qilingan. Mamlakatning asosiy aeroportida uchishga uringan insonlarning pasportlari olib qo‘yilgan.
Huquq himoyachilarining aytishicha, pasportlari bekor qilingan fuqarolar soni oshib borishi mumkin.
«Hukumat siyosiy qiymati qimmatga tushadigan qotillik yoki qiynoqlar o‘rniga pasportlarning bekor qilinishi tanqidiy ovozlarni minimal sa’y-harakatlar bilan zararsizlantirish va bostirishning samarali usuli deb hisoblagan ko‘rinadi», — deyiladi xabarda.
Venesuelada prezidentlik saylovlari 28 iyul kuni bo‘lib o‘tgandi. Mamlakat hukumati nazoratidagi saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, avvalroq mamlakatni ikki muddat prezidentlik lavozimida boshqargan Maduroni saylovchilar 51,2 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Biroq xalqaro kuzatuvchilarga saylovlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan.
Muxolifatga ko‘ra, ovozlar adolatli sanalganda Gonsales taxminan 67 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozonishi kerak edi. Maduroning raqiblari Venesuela bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov uchastkalaridan olingan byulletenlarning 80 foizdan ortig‘ini e’lon qildi. Saylovdan oldingi so‘rovlar ham Maduroning mag‘lubiyatini bashorat etgan edi. Xalqaro tanqidlar va muxolifatning ovoz berish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatilgani borasidagi ayblovlariga qaramay, Nikolas Maduro prezident etib saylandi. AQSh va Yevropa Ittifoqi Maduroning legitimligini qabul qilishdan bosh tortdi, mamlakatda esa ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari: Moldovaning YeIga qo‘shilishi barchani xavfsizroq qiladi
Jahon | 13:54
-
Yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni gazga ulashda muammolar yuzaga kelyapti
O‘zbekiston | 13:53
-
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 13:34
-
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 13:30
Mavzuga oid

20:31 / 02.07.2025
Rossiya Venesuelada qurol va o‘q-dori ishlab chiqaradigan zavod ochdi

16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi

17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi

15:39 / 20.04.2025