Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya maxsus kuchlari Boltiqbo‘yi infratuzilmasini qo‘riqlash uchun yuboriladi
Ehtimoliy qo‘poruvchilik tahdidlari tufayli Germaniya shimolida terrorizmga qarshi kurashga ixtisoslashgan maxsus kuchlar joylashtiriladi. Xavfsizlik choralarini kuchaytirish «Shimoliy oqim» portlashidan keyin boshlandi, deb yozadi ARD telekanali.

Foto: Massimo Rodari/imago images
Boltiqbo‘yi va Shimoliy dengizlarda suv osti infratuzilmasini himoya qilish uchun Germaniya maxsus kuchlarining GSG-9 dengiz operativ bo‘linmasi jalb etiladi, deya xabar beradi Germaniyaning ARD telekanali va Der Spiegel haftalik nashri 11 oktyabr, juma kuni xavfsizlik xizmatidagi xabardor manbalarga tayanib.
Jurnalistlarga ko‘ra, Boltiq dengizidagi Shlezvig-Golshteyn federal yerida joylashgan Noyshtadt shahriga maxsus kuchlarni joylashtirish qarorini shaxsan Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer qabul qilgan. «Ushbu joylashuv tufayli bo‘linma dengizlarda ham, Germaniya shimolida ham inqirozli vaziyatlarga tezroq javob bera oladi», deyiladi ARD bayonotida. Kanal manbalariga ko‘ra, xavfsizlik choralarining kuchayishi «Shimoliy oqim» portlashidan keyin yaqqol ko‘zga tashlanib qolgan dengizlardagi infratuzilmaga qarshi sabotaj xavfi bilan bog‘liq.
Germaniya muntazam ravishda «Rossiya josuslik kemalari» faoliyatini qayd etib boradi, ular «Shimoliy va Boltiq dengizlari tubidagi quvurlar va boshqa suv osti liniyalari xaritasini tuzadi», deya aniqlik kiritdi ARD.
NATO Yevropada yillik yadroviy mashg‘ulotlar boshlanishini e’lon qildi
NATOning o‘z hududini yadroviy hujumdan himoya qilish bo‘yicha Steadfast Noon nomli yillik mashg‘ulotlari 14 oktyabrda boshlanadi. Bu haqda 10 oktyabr kuni Londonda NATO bosh kotibi Mark Ryutte ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bu yilgi mashg‘ulotlarga 60 dan ortiq samolyot jalb etiladi. Mashqlar Shimoliy dengiz uzra – Buyuk Britaniya, Belgiya va Niderlandiya havo kengliklarida o‘tkaziladi.
«Beqaror dunyoda dushmanlar NATO har qanday tahdidga javob berishga tayyor va qodir ekanligini bilishlari uchun mudofaa kuchimizni sinab ko‘rishimiz va mustahkamlashimiz juda muhim», — deya tushuntirdi Ryutte. Shimoliy Atlantika alyansi ta’kidlashicha, Steadfast Noon mashqlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushiga reaksiya emas, deb yozadi dpa agentligi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

16:21 / 24.06.2025
Putinning NATO bilan ehtimoliy urushi dunyoga 1,5 trillion dollarga tushishi mumkin – OAV

14:43 / 10.05.2025
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida

17:47 / 30.03.2025
Boltiqbo‘yi davlatlari Ukrainada o‘t ochishning to‘xtatilishini o‘z xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rmoqda

12:02 / 24.02.2025