Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
“O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov: Milliy g‘oyaning shakllanishi” nomli tadqiqot muallifi Dr. Ismoil Po‘lat. Asar muqovasida siyosatchining rafiqasi Tatyana Karimova va tarix fanlari doktori, professor Timur Shirinovlarning ham fikrlari bor.

Foto: FB/ Fazliddin Madiyev
Muallifga ko‘ra, tadqiqot Islom Karimovning davlat qurilishi jarayonida tutgan o‘rnini ochib beradi va milliy o‘zlikni “Tarixshunoslik”, “Til”, “Din” va “Ramzlar” kabi davlat qurish parametrlari orqali o‘rganadi.O‘ziga xosliklar o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjudligini tushuntiradi.
“Bu jarayonda Karimov etnik muammolarning nizolarga aylanib ketishi oldini olish, shuningdek, o‘z siyosiy hokimiyatini saqlab qolish maqsadida eski etnik madaniyatlar soyasida shakllangan o‘zbek millatining “Milliy mafkurasi”ni namoyon etdi. O‘zbekistonda “Milliy mafkura” millatchilik tarixshunosligi orqali taqdim etilib, til orqali targ‘ib qilinib, din orqali ulug‘lanib, timsol va afsonalar orqali muqaddaslashtirildi. Tadqiqotda mazmun va nutq tahlili kabi sifatli tadqiqot usullaridan foydalanilgan”, — deyiladi kitob haqida nashriyot tomonidan yozilgan ma’lumotda.
Joriy yil 1 avgust kuni “Ostona” nashriyot uyida chop etilgan kitob 324 sahifadan iborat, narxi 650 lira — 243 ming so‘m.
Mavzuga oid

12:42 / 21.06.2025
Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi

20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi

20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

02:31 / 15.05.2025