Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari ta’minlanganlik holati baholanadi
O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi ta’minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi.
Bu haqda prezidentning 2024 yil 4 oktyabr kuni qabul qilingan “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 martdan Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat o‘tkazish vakolati beriladi.
Shuningdek, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025 yil 1 dekabrga qadar 1 000 ta, 2026 yilda 2 000 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.
“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida kasbiy ko‘nikmalar markazlari tashkil etiladi hamda quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
· 2025 yil 1 yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o‘qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar;
· 2025 yil 1 martdan amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribani joriy etish;
· 2026 yil 1 yanvargacha kasbiy ko‘nikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan o‘tkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berish;
· 2026 yil 1 iyulgacha xalqaro standartlar bo‘yicha kasbiy malakani baholovchi markaz tashkil qilish va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berish.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 12:22
-
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:15
-
2 yilda respublikada o‘rnatilgan liftlarning 78 foizi texnik sinovdan o‘tkazilmagan
O‘zbekiston | 12:05
-
O‘zbekistonlik hamshiralar Bahraynga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston | 12:01
Mavzuga oid

18:32 / 02.06.2025
Indoneziya ishga qabul qilishda yosh cheklovlarini olib tashladi

18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi

17:55 / 06.02.2025
Ispaniyada ish haftasi 37,5 soatga qisqartirilishi mumkin

18:10 / 10.01.2025