Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
Federal Xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik xizmati axboroti bilan joriy yilda Rossiyada “IShID”ga aloqador guruhlarning 15 a’zosi aniqlanganini ma’lum qildi. FXX, shuningdek, Tojikiston maxsus xizmatlari ko‘magi bilan xalqaro qidiruvdagi 4 kishini ushlagan.

Aleksandr Bortnikov / Foto: Akorda.kz
Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov 4 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada, Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning xavfsizlik va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida qatnashdi.
“Iyulda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati axboroti asosida Rossiya FXX tomonidan ”Xuroson viloyati“ xalqaro terrorchilik tashkiloti mintaqalararo yacheykasining 10 jangaridan iborat faoliyati to‘xtatildi,” – deya Bortnikovning so‘zlarini keltirmoqda BBC nashri.
Bortnikov, shuningdek, o‘zbekistonlik hamkasblari yordami bilan Rossiya hududida yangi jangarilarni yollash va terrorizmni moliyalash bilan shug‘ullangan IShID va “Hay’at Tahrir ash-Shom” deb nomlangan guruhning besh a’zosi qo‘lga olinganini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, Tojikiston Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasi ko‘magi bilan Rossiya hududida ekstremistik faoliyati uchun xalqaro qidiruv e’lon qilingan to‘rt nafar shaxs ham qo‘lga olingan.
Shu yil mart oyida Moskva shahri yaqinidagi Crocus City Hall savdo markaziga qurolli hujum uyushtirildi. 100 dan ortiq insonning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan hujumda Rossiya rasmiylari dastlab Ukrainani aybladi.
Keyinroq, Rossiya Fedaral Xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Crocus City Hall hujumi Afg‘on-Pokiston hududidan “Xuroson viloyati” tomonidan muvofiqlashtirilgan, deb bayonot berdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
-
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi
Jahon | 09:44
-
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 09:35
Mavzuga oid

10:16
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

19:10 / 04.07.2025
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?

12:13 / 03.07.2025