Andijondagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in kiyim tikuvchi fabrika oshxonasida yuz bergani aytilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Andijon viloyatidagi korxonalarning birida yong‘in sodir bo‘lgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, hodisa bugun 2024 yil 3 oktyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyat FVBga soat 09:44 da Xo‘jaobod tumani «Yangihayot» MFY hududida joylashgan "Simona billur" MChJga tegishli korxonaning ishchilar oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Soat 10:00 da aytilgan manzilga o‘t o‘chiruvchilar yetib borgan va soat 10:15 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida, MChJ binosining 50 metr kvadrat maydonda shift qismi yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat | 21:23
-
Parijdagi muzeydan Makronning mumdan yasalgan haykali o‘g‘irlandi
Jahon | 21:15
-
Yil boshidan beri rossiyalik oligarxlarning boyligi 22 milliard dollardan oshdi
Jahon | 20:55
Mavzuga oid

22:45 / 28.05.2025
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025