Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg 2030 yilga borib №1 gadjetga aylanadigan qurilma nomini aytdi
Meta, Google, Apple va boshqa IT gigantlari ushbu segmentdagi raqobatbardosh poygaga allaqachon kirishgan.

Foto: Reuters
Facebook asoschisi Mark Tsukerberg yaqinda bergan intervyusida 2030 yilga borib aqlli ko‘zoynaklar asosiy iste’molchi qurilmaga aylanishini aytdi. Bundan tashqari, bu boshqa gadjetlar tarixga aylanadi degani emas: kompyuterlar va telefonlar ham ishlatiladi, lekin kamroq.
Tsukerberg so‘zlariga ko‘ra, ko‘zoynak birinchi o‘ringa chiqsa, smartfonlar cho‘ntakda «ko‘proq vaqt o‘tkazadi».
Ko‘zoynak ko‘rinishidagi taqiladigan minigarnituralar g‘oyasi yangi emas. Google 2013 yilda Google Glass bilan aqlli ko‘zoynaklar bozoriga kirishga harakat qildi. Keyin ushbu reliz haqiqiy sensatsiyani keltirib chiqardi va foydalanuvchilar bunday mahsulotlarni ommalashtirishni intiqlik bilan kutishgan va ularni smartfonlar o‘rnini bosuvchi deyishgandi.
Biroq, amalda, bunday qurilmalarni ommalashtirishga qaratilgan barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sabablari — shishaning sifatsizligi va qurilmaning bozorga chiqishga tayyor emasligi.
Bugungi kunda foydalanuvchilarning aqlli ko‘zoynaklarga bo‘lgan talabi ortib bormoqda va Meta asosiy o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Tsukerberg kompaniyasi Ray-Ban bilan birgalikda 2021 yildan beri videoga olish va musiqa tinglash mumkin bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarni chiqarmoqda. Yaqinda Meta nigoh bilan boshqariladigan Orion AR-ko‘zoynagini taqdim etdi.
Google, Apple, Samsung va boshqa kompaniyalar allaqachon aqlli ko‘zoynaklar segmentida raqobatbardosh poygaga kirishgan. AI va ChatGPT uslubidagi chatbotlar bilan jihozlangan yangi avlod qurilmalari iste’molchilarni yanada jalb qilmoqda.
Bloomberg manbalari yaqinda Apple kompaniyasi aqlli ko‘zoynaklar yaratish uchun kamerali AirPods minigarniturasini chiqarishni rejalashtirayotganini aytdi. Ular Apple Glass bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi va unga kerakli ma’lumotlarni uzatishi mumkin bo‘ladi. Ammo qurilma tez orada chiqmaydi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
Mavzuga oid

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

15:06 / 30.06.2025
Apple boshga taqiladigan yettita qurilmani tayyorlamoqda

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025