Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Siz boshlagan loyihalar kelajakda, albatta, o‘z mevasini beradi” - Saida Mirziyoyeva
Komil Allamjonov faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva unga kelgusi ishlarida omad tiladi.

Saida Mirziyoyeva e’lon qilgan videodan kadr
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Komil Allamjonovning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
“O‘tgan 2 yil davomida prezident bergan barcha topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashib, davlat va jamiyat uchun muhim katta loyihalarni amalga oshirdingiz. Matbuot va ta’lim tizimini takomillashtirishda o‘z hissangizni qo‘shdingiz va katta natijalar ko‘rsatdingiz. Buning uchun sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ishonamizki, siz boshlagan loyihalar kelajakda albatta o‘z mevasini beradi. Sizga fidokorona xizmatingiz va professionalizmingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusidagi har qanday yangi faoliyatingizda omad sizga yor bo‘lsin. Katta rahmat sizga”, – degan Mirziyoyeva.
O‘z navbatida, Komil Allamjonov mamlakat manfaati yo‘lida, prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xizmat qilish imkoniyati va bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi. U davlat rahbari belgilab bergan maqsadlar va g‘oyalarga chin yurakdan sodiqligini yana bir bor ta’kidlab o‘tgan.
“Siz bilan birga ishlab, katta natijalarga erishganimizdan faxrlanaman. Men xususiy sektorda faoliyatimni davom ettirib, iqtisodiyotning muhim sohalariga zamonaviy texnologiyalar, investitsiyalar jalb qilishni rejalashtirmoqdaman. Bu orqali yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga o‘z hissamni qo‘shish niyatim bor”, – degan u.
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentini 2023 yil avgustidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Bungacha u prezident matbuot xizmati rahbari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53
-
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi
Jahon | 19:21
-
Eron va Iroq xavfsizlik borasida kelishuv imzoladi
Jahon | 18:57
-
Tramp aqliy imkoniyat testini “a’lo”ga topshirganini aytdi
Jahon | 18:53
Mavzuga oid

21:02 / 25.07.2025
Tal’at Valiyev Xavfsizlik kengashidagi lavozimidan ozod etildi

16:12 / 24.07.2025
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

18:34 / 14.07.2025