Xorazmda MChJ mas’ul shaxslari ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi
Ular 31 ta ijtimoiy soha obektini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan pullarning 301,1 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab, rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Xorazm viloyatida MChJlardan biri ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ya.F.” MChJ mas’ul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan tumandagi 31 ta ijtimoiy soha obektlarini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larning 301,1 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab, rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

07:53 / 30.05.2025
DXX Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlarini aniqladi

12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida

15:41 / 01.05.2025
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi

20:24 / 02.04.2025