DXX Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlarini aniqladi
Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Xorazm viloyatidagi tumanlardan birining O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeyidan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar va biokomplekslar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJga tegishli 27 tonna “Biostimulyator” o‘simliklar ozuqasini mahalliy fermer xo‘jaliklariga qimmat narxlarda sotish uchun shartnoma tuzishda amaliy yordam berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.
Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa “Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi kichik, o‘rta biznes va budjet iste’molchilari bilan ishlash bo‘linmasining yetakchi muhandisi hamda mahallabay ishlash xizmati boshlig‘i o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroning xonadonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan aniqlangan 164 mln. so‘mlik zarar summasini 14 mln so‘mgacha kamaytirib bergani evaziga 1000 AQSh dollari talab qiladi.
DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKD hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandis ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan muhandis va bo‘lim boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Humans O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritdi
Iqtisodiyot | 19:09
-
Qatldan qochganlar: mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng shov-shuvli qamoqdan qochish ishi
Jamiyat | 19:06
-
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Iordaniya podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:01
Mavzuga oid

23:06 / 02.06.2025
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

18:55 / 30.05.2025
Migratsiya agentligi pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgan firibgarlardan ogohlantirdi

14:16 / 27.05.2025