Ukraina Qurolli Kuchlari frontga kelgan yangi askarlarning yarmidan ayrilmoqda
Ukrainada safarbarlik darajasi oyiga taxminan 30 ming kishini tashkil etadi - bu Rossiya hukumati o‘z armiyasiga jalb qilayotgan shartnoma bo‘yicha askarlar soniga teng.

Foto: Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi
Ukraina hukumati safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qilishni qariyb bir yil cho‘zdi. Shunga qaramay, may oyidagi safarbarlik frontdagi vaziyatni yaxshilamadi. Yangi askarlar jang qilishni bilmaydi, ularning yarmidan ortig‘i halok bo‘lmoqda yoki yaralanyapti. Bu haqda Financial Times’ga o‘nlab askar va komandirlar ma’lum qildi.
Yuqori martabali ukrain amaldorining so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik darajasi oyiga taxminan 30 ming kishini tashkil etadi — bu Rossiya hukumati o‘z armiyasiga jalb qilayotgan shartnoma bo‘yicha askarlarning soniga teng. Ammo Ukraina qurolli kuchlari (UKQ) harbiy xizmatchilarining motivatsiyasi past, ular jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi tayyorlanmagan. «Ularning ayrimlari dushmanga o‘q otishga qo‘rqqanidan shunchaki qotib qoladi va qopda yoki og‘ir yaralangan holda ortga qaytadi», — deydi Donetsk oblasti mudofaasida ishtirok etayotgan bo‘linma komandirlaridan biri.
Gazeta suhbatlashgan komandirlarning baholashicha, yangi xizmatga kelgan askarlarning 50-70 foizi frontga kelganining birinchi kundayoq halok bo‘lmoqda yoki yaralanmoqda. Shuningdek, ularning bir qismi dezertirlik sodir etadi. «Ular pozitsiyaga tushib qolganida aksariyati birinchi snaryad portlashi bilan qochib ketadi», — deydi 72-mexanizatsiyalashgan brigadadagi harbiy qism komandiri o‘rinbosari.
Sentyabr boshida 40 yoshgacha bo‘lgan olti kishidan iborat guruh Pokrovsk yaqinida dushmanning doimiy hujumlariga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatgan edi. Ularning komandirini so‘zlariga ko‘ra, ushbu harbiylar yuzdan ortiq Rossiya aksarini o‘ldirgan: «Ular jang maydoniga tashlanganida titrab qolishgandi. Ammo ular uxlamay, dam olmay o‘z ishlarini bajardi va pozitsiyani ushlab qoldi».
Ularning o‘rniga kelgan sakkiz nafar askarning faqat ikki nafarida jangovar tajriba bo‘lgan. Qolgan olti nafar yosh askar (asosan 40 yoshdan katta) bir hafta davomida o‘ldirilgan yoki yaralangan. Guruh ortga chekinishga majbur bo‘lgan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi razvedkasiga ko‘ra, aynan shu kabi vaziyatlar kuniga 1000-1200 nafar askaridan ayrilib bo‘lsada Rossiya armiyasiga Donetsk oblastida oldinga siljishiga yordam bermoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvada bloger o‘g‘irlab ketildi va keyin qo‘yib yuborildi
Jahon | 16:00
-
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston | 15:53
-
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda
Jahon | 15:39
-
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi
O‘zbekiston | 15:34
Mavzuga oid

13:45
SBU «Pautina» operatsiyasining yangi kadrlarini ko‘rsatdi

13:40
Kreml: Rossiya memorandumi mojaro asosiy sabablarini bartaraf etishga qaratilgan

11:35
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

11:09