Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki oyda 3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi
O‘zbekistonda so‘nggi ikki oyda 3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi, deb xabar qildi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.
Agentlik tomonidan avgust-sentabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan jami 3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan:
- Narpay tuman Tibbiyot birlashmasining 673 mln so‘mlik;
- Shumanay tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 343 mln so‘mlik;
- Kattaqo‘rgon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 215 mln so‘mlik;
- Oltinsoy tumani hokimligining 193 mln so‘mlik;
- Qumqo‘rg‘on tumani 2-son kasb-hunar maktabining 115 mln so‘mlik;
- Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litseyining 56 mln so‘mlik davlat xaridlari.
“Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan.
Agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi.
O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 07:11
-
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan
Jahon | 07:09
-
«Sea Breeze Uzbekistan»da ekologik talablarga rioya etilmasa loyiha to‘xtatiladi - Hukumat qarori
O‘zbekiston | 07:02
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
Mavzuga oid

20:14 / 30.06.2025
Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi

14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi

14:42 / 05.03.2025