O‘zbekiston | 11:53 / 22.05.2025
2077
4 daqiqa o‘qiladi

Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi

Prezident tomonidan "Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida"gi qaror imzolandi.

Hujjat bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom arizalar qaysi hududdan berilganidan qat’i nazar, Toshkent shahrida ko‘rsatiladigan quyidagi davlat xizmatlariga nisbatan tatbiq etiladi:

  • tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan (qayta davlat ro‘yxatidan) o‘tkazish;
  • tadbirkorlik sub’yektlari bo‘lmagan yuridik shaxslarni (davlat organlari va muassasalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, yuridik shaxslar birlashmalari, advokatlik tuzilmalarini) davlat ro‘yxatidan (qayta davlat ro‘yxatidan) o‘tkazish;
  • tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatish;
  • kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
  • fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini o‘zgartirish, to‘ldirish;
  • tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish;
  • jismoniy shaxslarni Professional mediatorlar reyestriga kiritish;
  • yuridik maslahatchilar tashkilotini Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlari reyestriga kiritish;
  • nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlariga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat berish;
  • davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash;
  • "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish;
  • xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga o‘qish va imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish;
  • suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish;
  • issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish;
  • elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash hamda elektr ta’minoti shartnomasini tuzish;
  • elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan o‘tkazish (yechish va ulash bilan birga);
  • ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan o‘tkazish (yechish va ulash bilan birga);
  • elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, o‘rnatish va tamg‘alash;
  • ichimlik suvini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, o‘rnatish va tamg‘alash;
  • ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish;
  • 1,2 MPa bosimdan yuqori bo‘lmagan gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.

Apellyatsiya kengashlari tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lovlar undirilmaydi.

Sudlarda ko‘rib chiqilgan yoki ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha yo‘llangan shikoyatlar apellyatsiya kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Apellyatsiya kengashlari majlisi yakuniga ko‘ra quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

  • ma’muriy hujjatni o‘zgarishsiz qoldirish;
  • ma’muriy hujjatga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vakolatli organga majburiyat yuklash;
  • ma’muriy hujjatni qisman yoki to‘liq bekor qilish, shuningdek, vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizani qayta ko‘rib chiqish.

Mavzuga oid

E`lonlar