Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
18 sentabr kuni soat 00:30 da Chilonzor tumani KHAY-Qatortol ko‘chalari chorrahasida Nexia-2, Malibu-1 va Cobalt to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilardan biri jarohat olgan.

Foto: YHXB
Joriy yilning 18 sentabr kuni soat 00:30 da Chilonzor tumani KHAY-Qatortol ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan K.D. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashina, haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan Y.A. boshqaruvidagi Malibu-1 rusumli avtomashina va haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:39
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi

12:27
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:10