Pepsi Music Fest 2024: Toshkent faxriga aylangan jahon miqyosidagi festival!
Ishoning, hammasi betakror edi! 6, 7 va 8 sentabr kunlari Toshkentda unutilmas voqelik - Pepsi Music Fest 2024 bo‘lib o‘tdi. Unda 180 mingga yaqin musiqa ixlosmandlari va raqs muxlislari ochiq osmon ostida birlashishdi! Jahon xedlaynerlari - Macan, Xcho, Willy William va betakror Nicole Scherzinger sahnani shunday yondirdilarki, Hyatt Regency oldidagi maydon tomoshabinlarning qarsak va qiyqiriqlariga to‘ldi.

6 sentabr kuni Macan va Xcho ishtirokida musiqiy "portlash" bo‘ldi! Tomoshabinlar har bir xit qo‘shiqni birgalikda kuylab hayqirishdi! "Memories" va "Prostuda" nomli xitlar ijro etilganda, Macan "Asphalt 8" treklarini kuylaganida katta bir energiya barchani bir musiqiy to‘lqinda birlashtirganini his qildik. O‘sha daqiqalar har bir muxlisda kuchli hayajon bo‘lgani aniq.
7 sentabr Willy William bilan haqiqiy raqs drayvi kuni bo‘ldi. Uning sho‘x musiqasiga tinmay raqs tushishdi! Lekin bu hali hammasi emas – oqshomga yaqin 20 000 ta LED brasletdan iborat ajoyib yoritkichlar shousi boshlandi. Shouda yoritkichlar ranglari musiqa ritmiga mos holda o‘zgarib, juda go‘zal manzara hosil bo‘ldi.
8 sentabr kuni muxlislar maftunkor Nicole Scherzinger'ning qo‘shiqlarini birgalikda kuylashdi. U tomoshabinlar bilan o‘zbek tilida salomlashganida tomoshabinlarning olqishlaridan maydon larzaga keldi! "Buttons", "Hush Hush" va "Right There" xitlari kuchli aks-sado berdi, tomoshabinlar esa xursand bo‘lib qiyqirishdi! Uzoq daqiqalik chiqishidan so‘ng san’atkor hammaga “Rahmat” so‘zini aytib, iliq kutib olingani uchun minnatdorlik bildirganida odamlar yana ham ta’sirlanishdi.
Festival mehmonlar uchun mo‘jizaviy syurpriz bo‘lgan dron-shou va yorqin mushakbozlik bilan yakunlandi.
Shunday qilib, Pepsi Music Fest 2024 musiqa hammani birlashtirishi, orzularga yo‘l ochishi va unutilmas emotsiyalar berishini yana bir bor isbot etdi. Bu festival shunchaki tadbir emas – Toshkent ahliga jahon musiqa san’atining yangi darajasini taqdim qildi. Va bu faqat boshlanishi! Yangiliklarni Instagram'dagi Pepsi Uzbekistan rasmiy sahifasi orqali kuzatib boring – sizni bundan ham ko‘proq syurprizlar kutyapti!
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirganlarni qamash boshlanadi
Jahon | 23:27
-
«Ilondan juda hafsalam pir bo‘ldi» - Tramp soliq imtiyozlariga oid qonun loyihasini tanqid qilgan Mask haqida
Jahon | 23:20
-
Shvetsiya qamoqxonalarda joy yetishmayotgani sabab mahbuslarni Estoniyaga yuboradi
Jahon | 23:16
-
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi
Jahon | 23:16
Mavzuga oid

19:00 / 05.05.2025
Pepsi va Lipton Ice Tea xalqaro Brand Awards International 2024 mukofotiga sazovor bo‘lishdi

17:00 / 04.09.2024
Pepsi Music Fest'ga juda oz qoldi!

17:00 / 20.08.2024
Toshkentda Pepsi Music Fest 2024 festivali o‘tkaziladi

16:59 / 10.07.2024