Kongoda davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 37 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
Orasida Amerika, Britaniya, Belgiya va Kanada fuqarolari bo‘lgan shaxslar may oyida mamlakat rahbari Feliks Chisekedining qarorgohi va uyiga uyushtirilgan hujumni tashkillashtirishda aybdor deb topilgan.
Kongo Demokratik Respublikasi prezidentini hokimiyatdan ag‘darishga uringan 37 kishi, jumladan, uch nafar Amerika, Britaniya, Belgiya va Kanada fuqarolari o‘lim jazosiga hukm qilindi.
Qayd etilishicha, ular may oyida mamlakat rahbari Feliks Chisekedining prezidentlik qarorgohi va uyiga uyushtirilgan hujumni tashkillashtirishda ayblangan.

Foto: AFP
Fitna rahbari ekani taxmin qilingan AQSh fuqarosi Kristian Malanga boshqa besh nafar fuqaro bilan hujum vaqtida o‘ldirilgan. Harbiy sudda jami 51 kishining ish ko‘rilgan bo‘lib, eshituvlar milliy televideniye va radio orqali efirga uzatilgan.
Malanganing o‘g‘li Marsel o‘lim jazosiga hukm etildi — uning otasi farzandiga agarda isyonda ishtirok etmasa o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Uning do‘sti hisoblangan Tayler Tompson ham o‘lim jazosiga hukm qilingan. 20 yoshli yigitlar AQShning Yuta shtatida birgalikda futbol o‘ynab kelgan.
Uchinchi amerikalik Benjamin Zalman-Polunning esa Kristian Malanga bilan biznes manfaatlari bo‘lgan. Shuningdek, Kongo Demokratik Respublikasi va Belgiya fuqarosi bo‘lgan Jan-Jak Vondoga ham yuqoridagidek hukm chiqarilgan.
Mamlakatda o‘lim jazosi taxminan 20 yildan beri hech kimga qo‘llanilmagan — bunday jazoga hukm etilganlar umrbod qamoqda qolib kelayotgan edi. Hukumat joriy yilning mart oyida ushbu moratoriyni mamlakat armiyasidagi «xoinlarni» yo‘qotish bahonasida olib tashlagan.
Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasada davlat to‘natishiga urinish 19 may tongida amalga oshirilgan. Qurollangan shaxslar parlament spikeri Vital Kamerxning uyiga hujum uyushtirgan, keyin esa prezidentning rasmiy qarorgohi tomon yo‘l olgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, harbiy kiyimda bo‘lgan 20 kishidan iborat guruh saroyga hujum uyushtirgan va natijada otishma yuz bergan. Armiya vakili keyinroq milliy televideniye orqali xavfsizlik kuchlari «davlat to‘natirishiga urinishni» bartaraf etganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

18:58 / 09.03.2025
Kongoda isyonchilar yetakchilarini qo‘lga olishda yordam berganlarga 5 mln dollar va’da qilindi

15:23 / 08.03.2025
AQShda 15 yil ichida birinchi marta o‘lim jazosi otuv yo‘li bilan amalga oshirildi

20:59 / 06.03.2025
Ruminiyada davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ish figurantlaridan biri - 101 yoshli general

20:44 / 06.03.2025