Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London Rossiyaning «soyadagi neft floti»ga qarshi sanksiyalar kiritdi
Sanksiyalar ro‘yxatiga G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib neft tashuvchi o‘nta rus kemasi kiritilgan. Londonga ko‘ra, bu Putinning Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirish qobiliyatini yanada pasaytiradi.

Foto: SCANPIX/AFP/SEBASTIEN BERGER
Britaniya Rossiyaning «soya floti» – Rossiya neftiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun noqonuniy usullarni qo‘llayotgan kemalarga nisbatan jazo choralarini kengaytirdi. 11 sentabr, chorshanba kuni Britaniya hukumati saytida chop etilgan press-relizga ko‘ra, qora ro‘yxatga Rossiya neftini G‘arb davlatlari tomonidan belgilangan chegaradan yuqori narxda tashish bilan shug‘ullanuvchi yana o‘nta kema kiritilgan.
Bundan buyon NS Corona, NS Clipper, NS Asia, SCF Baltica, SCF Vankor, «Zaliv Aniva», «Olimpiyskiy prospekt», «Leonid Loza», «Vladimir Tixonov» va «Nikolay Zuyev» kabi kemalar ro‘yxatda bo‘ladi. Gabon va Panama bayroqlari ostida suzuvchi tankerlarning operatori Stream Ship Management FZCO hisoblanadi.
Bu kemalarning bundan buyon Britaniya portlariga kirishi taqiqlanadi va milliy yuk tashish reyestridan chiqariladi. Bundan tashqari, kapitanlar va lotsmanlar tankerlarni ushlab turish to‘g‘risida buyruq olishlari mumkin.
Ukrainani beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlar
Londonga ko‘ra, Rossiya «soyadagi floti» Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish va bu davlat suverenitetiga tahdid solish harakatlarida ishtirok etmoqda. «Bugungi sanksiyalar Rossiya tomonidan Britaniya va «Yettilik guruhi» sanksiyalarini chetlab o‘tish, Rossiya neftining to‘siqsiz savdosini davom ettirish uchun umidsiz urinishning bir qismi sifatida foydalanayotgan Putinning «soyadagi floti» kemalariga bevosita ta’sir qiladi», — deyiladi press-relizda.
London sanksiyalariga tushgan kemalarni yirik qoidabuzarlar deb atadi va 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan buyon faqatgina «Nikolay Zuyev», NS Asia hamda «Zaliv Aniva» 5 milliard dollarlik Rossiya neftini tashiganini tushuntirdi. «Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz Rossiyaga jahon hamjamiyati Ukraina tomonida ekanligi haqida aniq signal berishda davom etamiz va biz bu «soyadagi flot»ning mavjudligiga toqat qilmoqchi emasmiz», — deyiladi Britaniya hukumati bayonotida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
-
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Sport | 23:47 / 11.07.2025
-
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Jahon | 23:23 / 11.07.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025