Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada sog‘ligi yomonlashgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etdi va halok bo‘ldi
Haydovchining sog‘ligi yomonlashgan va u boshqarayotgan “Lasetti” qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, kichik yuk mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashgan.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
“Ruxsor” telekanalida berilgan lavhada aytilishicha, 61 yoshli haydovchi “Lasetti” mashinasi bilan O‘zbekiston tumani “Oqtepa” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda harakatlanib ketayotganida sog‘ligi yomonlashgan.
Shunda “Lasetti” qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida “Lasetti” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:36 / 09.07.2025
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi

15:24 / 09.07.2025
«Kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak» – prezident O‘zbekiston yo‘llaridagi holat haqida

19:36 / 08.07.2025
Toshkentda Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yubordi

13:31 / 08.07.2025