Ukraina Rossiyaning 38 ta dronini yo‘q qilgani haqida xabar berdi
Rossiya yana bir bor Ukraina hududiga havo zarbalari berdi. Ukraina havo mudofaasi mamlakatning 13 mintaqasida, shu jumladan Kiyevda ham ishladi.

Foto: Getty Images
10 sentabr, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiya yana Ukrainaga havo zarbalari berib, uning hududiga ikkita raketa va 46 ta Shahed dronini uchirdi. Ukraina havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 38 ta uchuvchisiz uchoq urib tushirilgan, uchtasi izsiz g‘oyib bo‘lgan, ikkitasi egallab olingan Luhansk viloyati yo‘nalishi bo‘yicha uchgan, yana biri esa Rossiya tomon qayta yo‘l olgan.
«Rossiya qo‘shinlari Qrimdan «Iskander-M» ballistik raketasi, Qora dengiz ustidagi havo hududidan X-31P radiolokatsion raketasi va 46 ta Shahed tipidagi hujumkor UUA (uchirish joylari: Kursk, Yeysk - Rossiya) bilan zarba berdi», deyiladi Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari xabarida.
Telegram’da e’lon qilingan postda, shuningdek, Rossiya havo hujumini qaytarishda aviatsiya, zenit-raketa kuchlari va Ukraina mudofaa kuchlari radioelektron kurash bo‘linmasining mobil o‘t ochish guruhlari ishtirok etgani qayd etilgan.
Umuman olganda, Ukraina havo mudofaasi 13 ta mintaqada - Vinnitsa, Kiyev, Chernihiv, Kirovohrad, Mikolayiv, Odessa, Xerson, Cherkassk, Sumi, Dnipropetrovsk, Xarkiv, Zaporijjya va Poltavada ishladi.
Mavzuga oid

00:18
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi

18:17 / 17.03.2025
Ukraina ba’zi shartlarda Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar olib tashlanishiga rozi

15:21 / 17.03.2025
Rossiya Ukrainaga g‘arb tinchlikparvar kuchlari kelishiga yana qarshi chiqdi

14:02 / 17.03.2025