Ukraina yerosti qurol zavodlarini qurishni rejalashtirmoqda - Zelenskiy
Ukraina rahbari o‘z harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirishini e’lon qilib, ittifoqchilaridan havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishni tezlashtirishni talab qildi.

Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya hududiga zarba berish uchun G‘arb tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga yana bir bor chaqirdi. U, shuningdek, Ukraina «o‘z qurollarini, jumladan, yer ostida ishlab chiqarishni ko‘paytirayotganini» aytdi.
«Ukraina askarlari hamkorlarimizdan ta’minot kechiksa ham o‘zini himoya qila olishi uchun yer ostida qurol ishlab chiqarishni boshlaymiz», dedi Ukraina prezidenti. «Biz bu urushni asta-sekin Rossiya hududiga qaytarmoqdamiz, shunda Putin oxir-oqibat bosimni his qiladi va faqat bir narsani - tinchlikni izlay boshlaydi».
AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham 6 sentabr kuni Ramshtayndagi Ukraina mudofaa masalalari bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida Ukrainani qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirdi. Pentagon rahbari, shuningdek, ittifoqchilar Ukrainaga «bugungi kunda Rossiya agressiyasiga qarshi turishda va ertaga Rossiya agressiyasini to‘xtatishda» yordam berishda davom etishini aytdi.
Volodimir Zelenskiy yig‘ilishda havo hujumidan mudofaa qobiliyatini oshirishni ham yana bir bor talab qildi va qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlariga ehtiyoj borligini aytdi. U guruhga tizimlar uchun minnatdorchilik bildirdi, ammo va’da qilingan zenit qurollarining katta qismi hali yetkazib berilmaganini aytdi.
«Dunyoda Rossiya terrorining samarasiz bo‘lishini ta’minlash uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari yetarli. Men sizni havo mudofaasi bo‘yicha biz bilan hamkorlikda faolroq bo‘lishga taklif qilaman», dedi u.
Mavzuga oid

00:18
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi

18:17 / 17.03.2025
Ukraina ba’zi shartlarda Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar olib tashlanishiga rozi

15:21 / 17.03.2025
Rossiya Ukrainaga g‘arb tinchlikparvar kuchlari kelishiga yana qarshi chiqdi

14:02 / 17.03.2025