Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
Rossiya qo‘shini - Donetsk oblastidagi muhim transport tuguni Pokrovskdan 10 kilometr masofada turibdi.
Rossiya qo‘shini Donbass janubida yurishini davom ettirmoqda. Rossiyaning Avdiyivkadan Pokrovskka yurish qilgan guruhi kutilmaganda katta kuchlar bilan janubga — Selidovo shahri yo‘nalishida zarba bergan. RF qo‘shini Maryinka va Krasnohorivka tomondan Kuraxovo va Vuhledar orasidan Kuraxovo tomon yurishni faollashtirgan. Rossiya qo‘shini yaqinlashib kelayotgan aholi yashash manzillari aholisi, ba’zida otishmalar ostida, ba’zida majburan nisbatan xavfsiz hududlarga olib o‘tilmoqda. «Meduza» Rossiya qo‘shini yurishi tufayli boshlangan evakuatsiya ishlari qanday kechayotgani haqida fotojamlanma tayyorladi.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe/Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari yurishi tufayli Kursk oblastida 130 ming kishi o‘z uylarini tark etgan
Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastidagi yurishi tufayli hududdagi o‘n minglab kishilar o‘z yashash joylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Ularning bir qismi Kursk oblastining chegaradan olisdagi hududlarida hamda Rossiyaning boshqa o‘nlab regionlarida tashkil etilgan vaqtincha yashash punktlariga joylashtirilgan. «Meduza» Kursk oblastidagi shunday punktlardan birida olingan fotosuratlarni e’lon qildi.
22 avgust kuni Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov Ukraina qurolli kuchlari amaliyoti boshlanganidan buyon chegara hududlardan 133 ming kishi olib chiqilganini ma’lum qildi. Borishga joyi bo‘lmagan odamlar uchun Rossiyaning 30 regionida 198 ta vaqtincha yashash punktlari ochilgan, deb xabar qildi 1 sentabr kuni TASS agentligiga FVV matbuot xizmati. Bunday markazlarda 11,5 mingdan ortiq kishi, jumladan 3,5 ming nafar bola yashamoqda.
Evakuatsiya qilinganlarning ko‘pchilik qismi Kursk oblastida qolgan — regionda 57 ta vaqtincha yashash punktlari ochilgan, bu markazlarda yetti ming kishi yashamoqda. Rossiya FVV xodimlari «evakuatsiya qilinganlarning bo‘sh vaqtini foydali yumushlar bilan band qilmoqda», deyiladi idora telegram-kanalida: xavfsizlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda va odamlarga olovni o‘chirish uskunasidan foydalanish o‘rgatilmoqda. Kurskdagi markazlarda avgust oyi oxirida grippga qarshi emlash ham boshlandi, deb xabar qilgan Rospotrebnadzor: u yerda yashovchilarning uchdan bir qismi emlab bo‘lingan.

Tatyana Makeyeva / AFP / Scanpix / LETA

Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Kiyev muzokaralar raundidan so‘ng dron hujumlari bilan almashdi
Jahon | 11:47
-
O‘limlar, iqtisodiy yo‘qotish va katta xarajatlar – anomal ob-havo Markaziy Osiyoga jiddiy xavf solmoqda
O‘zbekiston | 11:40
-
Jang maydoni – sinov maydoni: Kiyev qurollarni urushda sinab ko‘rishga chaqirmoqda
Jahon | 11:26
-
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin
O‘zbekiston | 11:19
Mavzuga oid

11:47
Rossiya va Kiyev muzokaralar raundidan so‘ng dron hujumlari bilan almashdi

11:26
Jang maydoni – sinov maydoni: Kiyev qurollarni urushda sinab ko‘rishga chaqirmoqda

00:02
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

16:02 / 23.07.2025