Vertu 500 ming dollarlik knopkali telefonni sotuvga chiqardi
Funksionallik jihatdan telefon juda oddiy, undan faqat qo‘ng‘iroq qilish va xabar yuborish mumkin xolos. Hatto kamerasi ham yo‘q. Ammo uning dizayni ustida 4 yil ishlangan.

Vertu (Angliya) rasmiy veb-saytida yana bir yangi mahsulot paydo bo‘ldi — Signature V Cobra Limited Edition tugmachali telefoni. Funksionallik jihatdan telefon juda oddiy: unda faqat qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va SMS yozish mumkin. Buni 2 dyuymli displeyga ega kichik qurilmaning ko‘rinishi yaqqol tasdiqlaydi. Ammo u texnik xususiyatlari emas, balki dizayni bilan e’tiborni tortadi.
Telefon dizayni Fransiyaning Frederic Boucheron qirollik zargarlik uyi bilan birgalikda yaratildi. Asosiy bezak sifatida qadimgi Misr mifologiyasida kuch va donolik ramzi bo‘lgan kobra tanlandi. U 439 ta pushti yoqutdan yasalgan, sudraluvchining ko‘zlari o‘rniga ikkita yashil zumrad qadalgan. Shuningdek, ilon boshi yonida 2,02 karatli nok shaklidagi olmos, tanasida esa 1,02 karatli olmos bor.
Gadjet klaviaturasi yaxlit yoqutdan yasalgan, tashqi tomoni esa qimmatbaho toshlar bilan qoplangan. Ta’kidlanishicha, bu ish uchun dizaynerlarga 4 yil kerak bo‘ldi. Qurilmaning orqa tomonida Vertu logotipi va Frederic Boucheron belgisi bo‘lgan zargarlik bir nechta vintlar va oltin qoplamali metall ilovani ko‘rish mumkin. Telefonda kamera yo‘q.
Vertu Signature V Cobra Limited Edition kompaniyaning rasmiy veb-saytida 504 308 dollar narxda sotilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

16:22 / 24.05.2025
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi

15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi

13:53 / 17.01.2025
Yana UzIMEI mashmashasi: O‘zbekistonda telefonlar narxi oshadimi?

21:17 / 30.12.2024