Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham yo‘l o‘tkazgichlar quriladi
Prezident Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rarkan, Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham shunday yo‘l o‘tkazgichlar qurishni buyurdi, deya ma’lum qildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunov.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Temur Malik ko‘chasidagi (Toshkent halqa avtomobil yo‘lining bir qismi) yangi yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rar ekan, THAY bo‘ylab boshqa gavjum chorrahalarda ham xuddi shunday yo‘l o‘tkazgichlar qurish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Hurmatli prezidentimiz ushbu inshootlari bilan tanishuvlari davomida bizga qisqa vaqtda THAYni va shahardagi eng katta tirband chorrahalarni to‘liq o‘rganib chiqib, o‘sha chorrahalarda mana shu kabi metall konstruksiyali yo‘l o‘tkazgichlarni qurish bo‘yicha topshiriq berdi», — dedi u.
«Albatta, biz — mutaxassislar Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda chorrahalarni qisqa muddatda xatlovdan o‘tkazib, tajribamizni yanada oshirgan va yangi loyihalarni qo‘llagan holda hamshaharlarimizga yangi-yangi inshootlarni qurib, foydalanishga topshiramiz», — deya qo‘shimcha qildi Jamshid Tursunov.
Rekonstruksiya jarayonida yo‘l o‘tkazgich ostidagi Temur Malik ko‘chasi to‘rttadan olti tasmaliga kengaytirildi. Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan chiqish yo‘llari qo‘shildi va yo‘l o‘tkazgichning o‘zida ham, chiqish chorrahalarida ham burilishlar tashkil etildi.
Mamlakatda birinchi marta yig‘ma temir konstruksiyali yo‘l o‘tkazgich qurilgan. Jamshid Tursunovning so‘zlariga ko‘ra, bunday yo‘l o‘tkazgichning an’anaviy beton va monolitga nisbatan afzalligi shundaki, u 2,5−3 baravar yengil, 30 foizga arzon, foydalanish xarajatlari 4−5 baravar kam hamda xizmat muddati 100−120 yilni tashkil etadi.
«Ilgari 25 mingta avtotransport vositasi bir kunda harakat qilardi, yangi inshootni qurganimizdan so‘ng hozirgi kunda 50 mingdan ortiq transnort vositasi to‘siqsiz harakatlana olish imkoni paydo bo‘ldi», — dedi qo‘mita rahbari.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

09:11 / 29.11.2024
Eski ToshMI va sobiq «Toshselmash» bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi

07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi

08:53 / 28.09.2024
Xiva vokzali yonida yerosti yo‘l o‘tkazgichi barpo etiladi

19:33 / 14.07.2024