Buyuk ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining bir qismi 15 iyuldan yopiladi
Yakshanba kuni yarim tundan boshlab Toshkent shahridagi yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinayotgan Buyuk ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining ayrim qismlari transport harakati uchun yopiladi.
Toshkent shahrida 15 iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Buyuk ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinadigan joyga tutash qismlarida transport harakati to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda poytaxt YHXB matbuot xizmati.
Quyidagi yo‘llarda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati cheklanadi:
- Temur Malik-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Malik-Sultoniya ko‘chalari chorrahasigacha.
- Temur Malik-Buyuk ipak yo‘li ko‘chalari chorrahasidan Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab, Buyuk ipak yo‘li-Shukur Burxonov ko‘chalari chorrahasigacha.
Yuqoridagi xaritada yopilishning oldini olish variantlari ko‘rsatilgan. Yo‘llar qachon ochilishi hozircha ma’lum emas.
Mavzuga oid

07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi

08:53 / 28.09.2024
Xiva vokzali yonida yerosti yo‘l o‘tkazgichi barpo etiladi

08:28 / 31.08.2024
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham yo‘l o‘tkazgichlar quriladi

13:10 / 18.07.2024