Samarqandda maktab o‘quvchisi mashina boshqarib inson o‘limiga sabab bo‘ldi
Maktab o‘quvchisi “Lasetti” mashinasini boshqarib borayotib, yo‘lga yugurib chiqqan yosh bolani urib yuborgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Jomboy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘lgan. “Markaziy” studiya informatsion dasturida xabar berilishicha, hodisa 2024 yil 8 avgust kuni sodir bo‘lgan.
Maktab o‘quvchisi “Lasetti” mashinasini Nayman-Jomboy yo‘nalishida boshqarib borayotib, Naymantepa mahallasi hududida yo‘lning qatnov qismiga yugurib chiqqan yosh bolani urib yuborgan. Oqibatda 4 yoshli bola og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:39
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi

12:27
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:10