Shvetsiya 2020 yilgi namoyishlarda qatnashgan Belarus fuqarosiga boshpana bermadi. U vataniga deporatsiya qilingan zahoti qo‘lga olindi
Belarus fuqarosi bo‘lgan erkak onasi bilan o‘zi uchun Shvetsiyadan siyosiy boshpana so‘ragan. Ammo Shvetsiya hukumati belaruslarni o‘z yurtiga deportatsiya qilgan.

Foto: AP
Belarus chegarasida Shvetsiya tomonidan siyosiy boshpana berilmagani sababli mamlakatdan deporatsiya qilingan fuqaro qo‘lga olindi.
Belarus fuqarosi hamda uning onasi 2020 yili mamlakatda ro‘y bergan norozilik namoyishlarida ishtirok etgan. Ommaviy tartibsizliklar boshlanganidan keyin ular Shvetsiyaga o‘tib kelib, u yerdan boshpana so‘ragan. Arizalarida ular Belarusda o‘zlariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini, siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinishdan qo‘rqishlarini bildirgan.
Boshpana berish borasidagi so‘rov qariyb bir yil oldin qanoatlantirilmagan. O‘tgan hafta apellyatsiya javobi ham rad etilgach, Shvetsiya hukumati belaruslarni o‘z vataniga deportatsiya qilgan. Erkak pasport nazoratidan o‘tayotganida ushlangan. Uning onasini taqdiri nima kechgani noma’lum.
«Vyasna» inson huquqlari himoyasi loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Belarusda 1368 nafar siyosiy mahbus mavjud. Ularning aksariyati 2020 yilgi namoyishlarda ishtirok etgani uchun qamalgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 9 avgust kuni Minsk va Belarusning boshqa yirik shaharlarida prezidentlik saylovida ovoz berish yakunlanib, saylov uchastkalari yopilgach minglab kishilar ishtirokida norozilik namoyishlari boshlanib ketgan edi. Ular saylovning dastlabki rasmiy natijalaridan norozilik bildirgan, unga ko‘ra mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80 foiz ovoz olgani ma’lum qilingan.
Mavzuga oid

12:45 / 09.06.2025
Xorazmda Rossiyadan deportatsiya bo‘lganlarga soxta pasport tayyorlab berish bilan shug‘ullangan guruh aniqlandi

19:26 / 05.06.2025
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi

22:54 / 30.05.2025
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi

16:53 / 23.05.2025